Burg‘ilanuvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha kon jinslarining sinflanishi. Burg‘ilanuvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha kon jinslari besh sinfga, har bir sinf esa besh kategoriyaga bo‘linadi.
I sinf - oson burg‘ilanadigan va 1- dan 5- kategoriyalarga mansub bo‘lgan jinslar ( =l÷5).
II sinf - o‘rtacha qiyinlikda burg‘ilanadigan va 6- dan 10- kategoriyalarni jtasnkij qiluvchi jinslar (У=5,1÷10).
III sinf - qiyin burg‘ilanadigan va 11-dan 15- kategoriyaga tegishli bo‘ lgan jinslar ( =10,1÷15).
IV sinf - juda qiyin burg‘ilanadigan va 16- dan 20- kategoriyalami tashkil qiluvchi jinslar ( = 15,1÷20).
V sinf - o‘ta qiyin burg‘ilanadigan va 21- dan 25- kategoriyalarga mansub jinslar ( ==20,l÷25).
Burg‘ilanuvchanlik ko‘rsatkichi katta >25 bo‘lgan jinslar konchilik amaliyotida juda kam uchraydigan jinslar bo’lib, ular) kategoriyasiz jinslar hisoblanadi.
Burg‘ulash stanoklari va burg’ilash texnologiyasi Skvajina kavjoyini buzish kuchlanishi tavsifi bo‘yicha skvajinalarini burg'ilash uchun qo‘llanadigan stanoklar uch guruhga bo‘linadi.
1-rasm. СБР-160Т burg’ulash stanogi Birinchi guruhga skvajina kavjoyiga mexanik ta'sir etuvchi burg'ilash stanoklari kiradi. Bu guruh aylanma harakatlanuvchi koronkali (СБР tipidagi, 1-rasm) stanoklarni, sharoshka dolotali aylanma harakatlanuvchi (СБШ tipidagi, 2-rasm) stanoklarni, zarba-kanat burg‘ilash (СБУ tipidagi, 3-rasm) stanoklarni va pnevmatik bolg'ali (tipidagi) pnevmozarba stanoklarni o'z ichiga oladi.
2-rasm. СБШ-250МНА burg’ulash stanogi Ikkinchi guruh stanoklarini skvajina kavjoyiga termik yoki gidravlik, yoki portlash jarayoni sifatida ta’sir etishni ta’minlovchi burg'ilash stanoklari tashkil qiladi. Bu guruhga tegishli stanoklardan faqat olovli burg‘ilash stanogi (CБO tipidagi stanok) karyerlarda qo‘llanadi, qolganlari esa tajriba bosqichida bo‘lib, tadqiqot ishlari olib borilmoqda.