Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi bo‘yicha sinflanishi. Reja



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/4
tarix22.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#146875
  1   2   3   4
Tog jinslarining burg\'ulanuvchanligi bo\'yicha sinflanishi Reja




Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi bo‘yicha sinflanishi.
Reja:

  1. Tog jinslarining burg‘ilanuvchanligi

  2. Burg‘ilanuvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha kon jinslarining sinflanishi.

  3. Burg‘ilash stanoklari va burg‘ilash texnologiyasi

Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar


Tog‘ jinslarining burg'ulanuvchanligi
Burg‘ilanish deganda, turli jinslarni parchalovchi asboblar ta’sirida tog‘ jinslarining parchalanishi tushuniladi. Burg‘ilanish ma’lum vaqt birligida berilgan jinsda o‘tilgan masofa qiymati bilan aniqlanadi va metr/soat, santimetr/daqiqa yoki millimetr/soniyada o‘lchanadi.
Burg‘ilanish o‘zgaruvchan qiymat bo‘lib, u jinslarning fizik-mexanik xususiyati, jinslarni parchalovchi asboblarning sifati, burg‘ilash texnologiyasining holati, ishni tashkil etish, burg‘ilovchilarning malakasi va boshqalarga bog‘liqdir. Geologiya tashkilotlari texnik ta’minlanishining o‘zgarishi va takomillashishi natijasida tog‘ jinslarining burg‘ilanishi o‘zgarib boradi.
Tog‘ jinslarining burg‘ilanishi ularning mexanik chidamliligi, qattiqligi va abrazivligi bilan aniqlanadi. Jinslarning mexanik tezligi yoki burg‘ilanishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Bu holat jinslarni parchalovchi asboblarning abraziv yeyilishiga bog‘liq. Burg‘ilanish jinslarning donadorligiga bog‘liq. Zarrachalar donadorligining kichrayishi burg‘ilanishning ham sezilarli darajada
kamayishiga olib keladi, chunki mayda o‘lchovdagi mineral zarrachalar yirik zarrachalarga nisbatan katta nisbiy mexanik chidamlilikka ega bo‘ladi. Shuningdek, burg‘ilanish sement miqdoriga va qattiqligiga ham bog‘liq. Misol uchun, kremniyli sementga ega bo‘lgan qumtosh ohaktosh sementiga ega bo‘lgan qumtoshga nisbatan sekin burg‘ilanadi.
Tog‘ jinslarining burg‘ilanishi ko‘proq jinslarning anizotropiyasini aniqlovchi tekstura belgilariga bog‘liq.
Ko‘pgina jinslar ularga tog‘ hosil bo‘lishi jarayonlari ta’siri natijasida o‘zaro perpendikular yo‘nalish bo‘yicha turli fizik-mexanik xususiyatlarga ega. Bunday jinslar anizotrop jinslar deb ataladi.
Skvajina burg’ilash samaradorligi ko‘p omillarga bog’liq bo’lib, ularning eng asosiysi kon jinslarining burg’ilanuvchanligi hisoblanadi.
Burg’ilanuvchanlik - bu kon jinslarining burg’ilash instrumenti ta’siri ostida buzilish (nurash) xususiyatidir. Kon jinslarining ana shu xususiyati asosida burg’ilash stanoklarining texnologik parametrlari tanlab olinadi. Jinslarning burg’ilanuvchanligi ko‘p jihatdan burg’ilash usuli, burg’ilash instrumenti konstruksiyasi va boshqa omillarga bog’liq bo’lib, jinslarning buzilish tavsifiga, ya'ni massivdan ajratib olinadigan jins zarrachalarining shakli va o’lchamiga ta'sir etadi.
Akademik V.V. Rejevskiy burg’ilanuvchanlikni jinslarni mexanik usulda burg’ilashda ularning nisbiy burg’ilanish qiyinligi ko’rsatkichi orqali ifodalashni tavsiya etadi. Bu ko’rsatkichni aniqlashning uslubiy asoslarini quyidagilar tashkil qiladi:
1) Burg’ilash jarayonida kon jinslarini buzishda (skvajina kavjoyidan ajratib olishda) stanokning jismni siqish va chatnatishga ko'rsatadigan kuchi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Zarbali burg‘ilashda jinslaming buzilishi, asosan, stanokning siqish kuchi, aylanma burg’ilashda esa chatnatish (surish) kuchi ta’sirida sodir boiadi. Jinslaming burg‘ilanish qiyinligi ko‘rsatkichini (Ph) aniqlashga siqish va chatnatish (surish) kuchlari barobar' ta'sir etadi, bunda ularning miqdorini o‘zaro teng qilib olish mumkin;
2) Agar muayyan kon jinslari namunalari bo‘yicha bajarilgan tajribalarda jinslaming siqilish ( ) va surilish ( ) bo‘yicha pishiqlik chegaralari aniqlangan bo‘lsa, jinslarning darzdorlik ko‘rsatkichini hisobga olinmasligi mumkin. Chunki ushbu ko'rsatkichlar darzdorlikni burg’ilashga ko'rsatadigan ta’sirini hisobga oladi;
3) Jinslarning skvajina kavjoyida buzilishi (maydalanishi) faqat u joyda hosil bo‘ladigan burg‘ilash quyqasi (shlami) ni chiqarib tashlagandan so‘ng sodir bo‘ladi. Shuning uchun jinslaming burg‘ilanuvchanligini baholashda ulaming zichligi hisobga olinadi.
Jinslarning burg‘ilanuvchanlik ko‘rsatkichi yuqoridagi shartlarni hisobga olgan holda quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


=7*
Bunda, 
– tog‘ jinsining bir o‘q bo‘yicha siqilishga (ega bo‘lgan) chidamlilik chegarasi, MPa
- tog‘ jinsining siljishga bo‘lgan qarshilik chegarasi.
– tog‘ jinsining zichligi, t/m³.
Tog‘ jinslarining burg‘ilanishi shu bilan birga burg‘ilash usuliga, aniqrog‘i, tog‘ jinslarini parchalash usuliga ham bog‘liq. Bu esa qo‘llanilayotgan jinslarni parchalovchi asbob va qo‘yilayotgan kuch xarakteri (statik, dinamik yoki kombinatsiyali) bilan aniqlanadi.
Shuning uchun ham turli burg‘ilash usullari uchun jinslarni burg‘ilash bo‘yicha alohida tasniflar ishlab chiqilgan.
Jumladan, burg‘ilashning aylanma usuli uchun barcha jinslar o‘n ikki toifaga bo‘lingan, zarbali burg‘ilanishda yettita, sochma konlarni razvedka qilishda oltita, qo‘l bilan zarba-aylanma burg‘ilashda beshta toifaga bo‘lingan.
Tog‘ jinslarining burg‘ilanishi bo‘yicha tasnifi burg‘ilash ishlarini rejalashtirish, loyihalashtirish, mablag‘ ajratishda yagona mezon sifatida, asbob-uskunalar va materiallarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun, geologiya-qidiruv tashkilotlarida turli geologic sharoitlarda mehnat qiluvchi ishchilar mehnatini me’yorlashtirish uchun zarurdir. Berilgan jinslarning burg‘ilanish bo‘yicha toifasini aniqlash uchun olingan kerndan ikki-uch namuna olinadi va POAP–
2M asbobida dinamik chidamlilik koeffitsiyenti ( ) va abrazivlilik ( ) koeffitsiyenti aniqlanadi.
Quyidagi formula yordamida umumlashtirilgan ko‘rsatkich
( ) aniqlanadi:p

Aylanma burg‘ilash uchun jinslarning burg‘ilanishi bo‘yicha
tasnifi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval

Mexanik aylanma burg‘ilash uchun tog‘ jinslarining
burg‘ilanishi bo‘yicha tasnifi









Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin