30-rasm. Tok transformatorining ulanish sxemasi va vektor diagrammasi Tok va kuchlanish transformatorini loyihalashda birlamchi chulg‘amning Z1 va keltirilgan ikkilamchi chulg‘amning Z`2 to‘la qarshiliklarini imkoni boricha kamaytirish tadbirlari hisobga olinadi.
Bo‘lingan chulg‘amli transformatorlar
Ishlab chiqarish korxonalarining bosh pasaytiruvchi podstansiyalarida ko‘pincha ikki chulg‘amli transformatorlar bilan bir qatorda past kuchlanishli chulg‘ami bo‘lingan transformatorlardan ham foydalaniladi.
Bo‘lingan chulg‘amli transformatorlarda ikkita ikkinchi chulg‘am bo‘lib, ularning har biri transformatorning nominal quvvatini 50% ga hisoblangan bo‘ladi. Bo‘lingan chulg‘amlarda kuchlanish bir xil kattalikda bo‘lmaydi. Agar korxonalarda 6,10 KVli isteomolchilar o‘rnatilgan bo‘lsa, bo‘lingan chulg‘amli transformatorlarni qo‘llash elektr taominoti sistemasida yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi..
Bo‘lingan fazali transformatorning chulg‘amlari orasida magnit bog‘lanish bo‘lmaydi. Shuning uchun bu transformatorni ikkita mustaqil ikki chulg‘amli transformator deb hisoblansa ham bo‘ladi.
Bo‘lingan fazali transformatorlarda iloji boricha qavariq ustunli (brone ustunli) magnit sistemani qo‘llash kerak, chunki ikki ustunli sistemada magnit oqimlarning farqi F2 - F3 konstruktiv elementlar orqali oqib o‘tib trans-formatorlarda qo‘shimcha quvvat isroflarini vujudga keltiradi. Bo‘lingan chulg‘amli transformatorlarning qisqa tutashuv to‘la qarshiliklari ikki chulg‘amli trans-formatorlarnikidan ikki marta katta bo‘lganligi uchun qisqa tutashuv toklari ikki chulg‘amli transformatorlarnikiga nisbatan kichik bo‘ladi. Shuning uchun keyingi paytlarda bo‘lingan chulg‘amli transformatorlar ishlab chiqarish korxonalarida keng qo‘llanilmoqda. Bo‘lingan fazali transformatorlar tez o‘zgaruvchan isteomolchilar o‘rnatilgan korxonalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda transformatorning bitta chulg‘amiga tez o‘zgaruvchan isteomolchilar ulansa, ikkinchi chulg‘amga kattaligi o‘zgarmas isteomolchilar ulanadi.