Bizga maʼlumki, o‘zgarmas tok mashinasining stator va yakorlarining magnit o‘zaklari ferromagnit materiallardan tayyorlanadi. Uzgarmas tok mashinasining yakorini aylantirilganda, qo‘zg‘atish chulg‘ami xosil qilgan asosiy magnit maydon kuch chiziqlari bilan kesishgan yakorp chulg‘amlarida elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Yakor chulg‘amidagi elektr yurituvchi kuchning yo‘nalishi o‘ng qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. Magnit maydon o‘zgarmas bo‘lganligi sababli chulg‘amdagi elektr yurituvchi kuch aylanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Yakor chulg‘amining bitta o‘tkazgichidagi elektr yurituvchi kuch
(10-1)
bu yerda:V - xavo bo‘shligidagi magnit maydon induksiyasi; - o‘tkazgichning uzunligi; V = 2rn - o‘tkazgichning chiziqli tezligi.
Seksiyaning o‘tkazgichlari simmetrik bo‘lganligi sababli, ularda bir xil kattalikdagi elektr yurituvchi kuchlar hosil bo‘lib, ular kontur bo‘yicha qo‘shiladi va chiziqli tezlik bilan aylanayotgan yakor chulg‘amining bitta o‘ramidagi elektr yurituvchi kuch quyidagicha bo‘ladi:
(10-2)
Yakor chulg‘amlari navbatma-navbat shimoliy va janubiy qutb o‘zaklari ostida bo‘lganligi sababli hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuch o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi (32.a-rasm). Elektr yurituvchi kuchning tarqalish formasi vaqtga bog‘liq ravishda induksiya V ning havo bo‘shlig‘i bo‘ylab tarqalish xarakteriga o‘xshash bo‘ladi. Lekin yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok kollektor yordamida o‘zgarmas tok ko‘rinishiga keltirilib, tashqi zanjirga uzatiladi. `aqiqatan ham yakor bilan birga kollektor 90 ga burilganda yakorni o‘tkazgichlaridagi e.yu.k ning yo‘nalishini o‘zgarishi bilan bir vaqtda cho‘tkalar octidagi kollektor plastinalari ham almashadi. Shuning uchun yuqoridagi cho‘tka ostidagi kollektor plastinasi doim shimoliy qutb o‘zagi ostidagi joylashgan o‘tkazgich bilan ulangan bo‘lib, pastdagi cho‘tka ostida joylashgan kollektor plastina bilan esa janubiy qutb o‘zagi ostida joylashgan o‘tkazgich ulangan bo‘ladi. Shunday qilib, kollektor yordamida yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilanib, tashqi zanjirga o‘zgarmas tok ko‘rinishida uzatiladi. Yakor chulg‘amidagi tokning o‘zgarish egri chizig‘ini (32,a-rasm) abssissa o‘qining pastidagi yarim davrini ishorasini o‘zgartirib, tashqi zanjirdagi tok va kuchlanishning egri chizig‘ini hosil qilishi mumkin (32,b-rasm). Tashqi zanjirdagi tokning pulosatsiyalanishi kamaytirish uchun ancha murakkab konstruksiyada tayyorlangan yakor chulg‘ami va kollektor qo‘llaniladi. Ikki qutbli mashinalarda elektr yurituvchi kuchning chastotasi yakorning aylanishlar soniga teng f=n. Agar mashinada juft qutblar soni r bo‘lsa, u holda elektr yurituvchi kuchning chastotasi f = rn bo‘ladi.