Tok va kuchlanish transformatorlari


- rasm. Tok va elektr yurituvchi kuchni egri chiziqlari



Yüklə 31,1 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü31,1 Kb.
#166968
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tok va kuchlanish transformatorlari-fayllar.org

32 - rasm. Tok va elektr yurituvchi kuchni egri chiziqlari
a) yakordagi, b) tashqi zanjirdagi
Faraz qilaylik, yakori nominal tezlik bilan aylanayotgan o‘zgarmas tok mashinasini ko‘zg‘atish va yakor chulg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulangan bulsin yoki qutb o‘zaklari o‘zgarmas magnitlardan iborat bo‘lsin. Qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil kilgan magnit kuch chiziqlari havo bo‘shlig‘ini kesib o‘tadi va yakorning chulg‘amida elektr yurituvchi kuchni induksiyalaydi. Yakor chulg‘amidagi kuchlanish yakor tokini hosil qiladi. Bu tok o‘zining magnit oqimini hosil qiladi. Yakorning magnit oqimi bilan qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimlarini o‘zaro taosiri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi. Agar bu moment valga qo‘yilgan statik momentdan katta bo‘lsa, yakor asta sekin aylana boshlaydi va ishlab chiqarish mexanizmini harakatlantiradi. Uzgarmas tok mashinasining bu rejimi dvigatel rejimi deb ataladi. Uzgarmas tok mashinasidan elektr energiyasini olish uchun yaoni generator rejimida ishlashi uchun uning valiga birlamchi dvigatel (elektr dvigatellar, ichki yonar dvigatellari va h.k.) yordamida aylantiruvchi moment yaoni mexanik quvvat beriladi. Mexanik quvvat taosirida aylanayotgan yakorning chulg‘amlari qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilgan magnit maydon kuch chiziqlarini kesib o‘tadi va yakor chulg‘amlarida elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi. Agar bu chulg‘amga cho‘tkalar yordamida isteʼmolchi ulansa bu chulg‘am orqali elektr toki oqa boshlaydi va isteomolchiga elektr energiyasi beriladi.

Uzgarmas tok mashinalarining magnit zanjirini hisoblash

Uzgarmas tok mashinalarini loyihalashda havo bo‘shlig‘idagi magnit oqim bilan ko‘zg‘atish toki orasidagi bog‘lanishni aniqlash lozim bo‘lib qoladi, shuning uchun uning magnit zanjiri hisoblanadi. Uzgarmas tok mashinalarining asosiy magnit oqimi deb havo bo‘shlig‘idagi magnit oqim Fga aytiladi, bu magnit oqim yakor chulg‘amidagi elektr yurituvchi kuchni induksiyalaydi. Uzgarmas tok mashinalarining magnit zanjirini salt ishlash rejimi uchun hisoblanadi. Uzgarmas tok mashinalarini magnit zanjiri simmetrik bo‘lganligi sababli va barcha qutblar ostidagi magnit oqim bir xil kattalikga teng bo‘lganligi uchun magnit zanjirini hisoblashni bir juft qutb o‘zaklari davomida bajariladi. Uzgarmas tok mashinalarining magnit zanjiri 33-rasmda ko‘rsatilgan, bu rasmda punktir chiziqlar yordamida o‘rtacha magnit kuch chiziqlari ko‘rsatilgan.



Yüklə 31,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin