Toksikologiya asoslari doc


O’simlikdan zaharlanish belgilari va alomatlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

O’simlikdan zaharlanish belgilari va alomatlari.
 
1. O’simlik zahari ovqat hazm qilish yo’lining shilliq pardasini qattiq 
zararlantiradi. O’simlik zahari bilan zaharlanganlik alomatlari 1-2 soatdan so’ng 
ko’rinadi. 
2.Ko’ngil ayniydi, qayt qilish, ich ketishi boshlanadi. 
3.Kuchli suvsizlanish umumiy madorsizlanishni keltirib chiqaradi. 
4.Mingdevona bilan zaharlanganda bosh aylanib, kuzga har xil narsa ko’rina boshlaydi. 
 
O’simliklar bilan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish.
1.Og`iz orqali zaharlanishdagi kabi ko’rsatmalarga amal qilish. 
2.Jabrlanuvchiga absorbent, masalan, qotgan non berish mumkin. 
3.Jabrlanuvchini o’rniga yotqizish. 
4.Tez yordam chaqirish. 
10-BOB 
HAYVON ZAHARLARI BILAN ZAHARLANISH 
Dunyoda zaharli hayvonlarning 5000dan ortiq turi mavjud. Har yili dunyoda 
10 milliondan ortiq kishini hayvonlar chaqadi, ularda yarim millioni zaharli ilonlar 
tufayli a`ziyat chekadi, o’lim bilan tugash hollari 30 mingdan 50 minggacha. 
Turli baliq toksik zaharlanish holatlar 20 ming kishida uchrab, tahminan 200 
holatda inson o’limi bilan tugaydi. Zootoksilarning kimyoviy tarkibi xilma xil bo’lib, 
ular o’ta zaharli va og`ir patologik sindromlarni chaqiradi. Zootoksiklar 
hayvonlarning turli sinflarida ,sodda hayvonlardan sut emizuvchilar sinfiga qadar 
bo’ladi. 
Ko’pchilik zaharli hayvonlar suvda yashashadi. O’rgimchaklar amfibiyalar
reptiliya vakillarining ko’pchiligi zaharlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


62 
Zahar dushman organizmiga asosan nishlar (asalari, arilar, o’rgimchaklar), 
zaharli tishlar (ilonlar) yoki suzgichlar (baliqlarda) yordamida yuboriladi. Bazi bir 
a`zolar va to’qimalarda yig`ilgan zootoksinlar tufayli, bu mahsulotlar ovqatga 
ishlatilganda o’tkir zaharlanishga sababchi bo’ladi. Hayvon zaharlarining asosiy 
tarkibiy qismi proteinlardan iborat bo’lib, ular ferment va polipeptidlardir. Toksinlar 
murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo’lib, har- xil turdagi zaharli hayvonlarda turli 
birikmalar ko’rinishida uchraydi. 
Eng zaharli bo’lgan hayvon toksini- tetrodoksindindir (fugu balig`ida). Bu 
zahar periferik nerv tizimining o’tkir shikastlanishiga sababchi bo’ladi.
Ko’pchilik hayvon zaharlari tarkibida fermentlar bo’ladi. Fosfolipaza A
2
letsitinni faollashtiradi. Letsitin gemolitik va tsitolitik xususiyatlarga ega bo’lib, ilon 
chaqqanda qon va to’qimalarni shikastlaydi. 
L-aminooksidaza aminokislotalarni ketonga aylantiradi, keton to’qima 
peptidazasini faollashtiradi, oqibatda to’qimalar destruktsiyasi kuchayadi. 
Ayrim hayvon zaharlarida glikozidlar bo’lib, avtonom nerv oxirlariga ta`sir 
qiladi va bir paytning o’zida nerv, yurak-qon tomir tizimlari va ovqat hazm qilish 
tizimini shikastlanishi simptomlarini keltirib chiqaradi.
Ko’pchilik hasharotlar chaqqan paytda kuchli organik kislotalar ajratadi, 
oqibatda kimyoviy quyish tipidagi toksik dermatitni rivojlantiradi. 
Zaharli hayvonning jinsi va yoshi, uning oziqlanishi va rivojlanish sharoiti, yil 
fasllari va yashash muhiti zaharlanishning toksikligiga ta`sir qiladi. Hayvonlarning 
og`zi orqali ajraladigan zaharlar odatda xujum qilish uchun xizmat qiladi va og`riqqa 
sababchi bo’ladi. Bu zahar hayvonning boshqa qismlaridan ajraladigan zaharlarga 
qaraganda kuchliroq bo’ladi. 
Hayvon 
zaharlarining 
tarkibi 
asosan 
oqsildan 
iboratligi, 
ularning 
neyrotoksikligi – markaziy va periferik nerv tizimini shikastlashi, yurak ritmi va 
o’tkazuvchanligini buzilishi, qon tizimi, shu jumladan, eritrotsit va trombotsitlarning 
ishdan chiqishi bilan kuzatiladi. 
Ilon zaharining odam organizmiga ta`siri zaharli hayvonlar toksinining tipik 
ta`siri sifatida ko’rib chiqish mumkin. Markaziy nerv tizimining shikastlanishi 
karaxtlik, intoksikatsion psixoz simptomlari, tomir tortishi, tutqanoq sindromlari, 
periferik parezlar ko’rinishida bo’ladi. Og`ir zaharlanish nafas olishning buzilishi, 
xushdan ketish, gemodinamikani buzilishi (kollaps) va tana temperaturasining ortishi 
bilan xarakterlanadi. Toksikozning asorati trombogemorragik sindrom (teriga qon 
quyilishi, qon ketish, anemiya) ko’rinishida bo’ladi. Ilgari ilon chaqqan yoki 
zaharlanganlarda anafilaktik shok bo’lishi mumkin. Toksikozlar bolalarda juda og`ir 
kechadi. 
Zaharli hayvonlar chaqqan joyda to’qimalarning shishi, giperemiya, gematoma 
juda tez rivojlanib, oyoq-qo’l ishdan chiqadi va kuchli og`riq bo’ladi. 
Hayvon zaharlari bilan zaharlanganda kompleks davo choralari qo’llaniladi 
(simptomatik, detoksikatsion va spetsifik). Asosiy spetsifik tez yordam spetsifik 
mono- va polevalenili zardoblar yuborishdan iborat. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


63 
Ilon chaqqanda 500-1000 TBda ilon zahariga qarshi zardob muskullar orasiga 
yuboriladi. Og`ir xollarda esa – ikki marta. Eng yaxshi samara zardob ilon 
chaqqandan so’ng birinchi kuni yuborilganda kuzatiladi. 
Zaharli xasharotlar (qoraqurt, chayon, tarantul) chaqqanda qoraqurtga va 
chayonga qarshi zardob 500-2500 TBda yuboriladi. Agar bu zardob bo’lmasa, ilon 
zahariga qarshi zardobni yuborish mumkin. 
Bundan tashqari ilon chaqqanda qoqsholga qarshi zardob (profilaktika 
maqsadida) va (1000 TB/1 sutkada) geparin buyuriladi. Detoksikatsion samara 
venaga albumin eritmasi va gemodez yuborilganda yuqori darajada bo’ladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin