Toksikologiya asoslari doc


-BOB  TOKSIK MODDALARNING ORGANIZMGA TUSHISH YO’LLARI



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

2-BOB 

TOKSIK MODDALARNING ORGANIZMGA TUSHISH YO’LLARI

 

Toksik moddalar organizmga 3 yo’l: 



1. Pereral (og`iz orqali) 

2. Ingalyatsion (nafas yo’llari orqali) 

3. Perkutan (teri orqali) tushadi. 

Ko’pgina  xollarda  toksik  moddalar  organizmga  og`iz  orqali  tushadi.  Ayrim 

yog`da  eruvchi  birikmalar  (fenol,  tsianidlar)  og`iz  bo’shlig`ining  o’zidayoq  qonga 

so’riladi.  

Oshqozon  shirasining  kislotaligi  birga  yaqin  bo’lib,  noionlashgan  holdagi 

kislotalar oson so’riladi, noionlashgan asoslar , morfin, noksiron qondan oshqozonga 

tushadi va ionlashgan shaklda ichakka boradi. Oshqozondagi zaharli moddalar ovqat 

massalariga  birikishi  mumkin.  Bu  holda  shilliq  qavatlarning  zaharlar  bilan  aloqasi 

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

15 


 

qiyinlashadi. Bundan tashqari so’rilish tezligi shilliq qavatning qon aylanish tezligiga, 

oshqozon harakatiga va shira hosil qilishiga bog`liq.  

Zaharli  moddalarning  so’rilishi  asosan  ingichka  ichakda  boradi.  (RX  7,0-8,5) 

Ayrim  og`ir  metallar  ichak  epiteliyasini  zaharlaydi,  shuning  uchun  ham  so’rish 

jarayoni buziladi.  

Tabiiy  birikmalarga  yaqin  bo’lgan  ikmyoviy  birikmalar  ingichka  ichak  shilliq 

qavatida pinotsitoz (aktiv transport) yo’li bilan so’riladi. 

Ayrim  birikmalar,  misol  uchun  gemoliyik  zahar  (uksus  ejeisiyasi)oshqozon 

devorlari  kapillyarlarida  eritrotsitlarni  parchalab.  Maxalliy  reaksiyalar,  ya`ni 

trombogemorrgagik sindromlar sababli bo’ladi. 

Ichakda  yog`da  eruvchi  moddalar  diorfuz  yo’li  bilan  ham  yaxshi  so’riladi, 

elektrolitlarning  so’rilishi  esa  ionlashgan  holatiga  bog`liq  (atropin,  xinin,  anilin, 

amidopirin yaxshi so’riladi). 

Og`iz  orqali  zaharlanishda  oshqozon  ichak  yo’lida  zaharli  moddalarning 

ushlanib  qolishi  toksik  moddalarning  fizik-kimyoviy  xususiyatlari  va  oshqozon-

ichakning  funktsional  holatiga  bog`liq  bo’lib,  oshqozon-ichak  yo’llarini  yaxshilab 

yuvishni talab qiladi. 

Zaharli moddalarning nafas olish tizimi orqali so’rilishi organizmga juda tezlik 

bilan boradi. Bu tezlik o’pka alveolalarining yuzasi juda kengligi tufayli (100-150m

2



dir.  Alveola  membranasi  juda  yupqaligi,  o’tkir  kapillyarlarda  qon  oqimining  tezligi 



va zaharlarning ushlab qolinishi sharoitining yo’qligi sabab bo’ladi. 

Uchuvchi  birikmalarning  so’rilishi  yuqori  nafas  yo’llarida  boshlansada, 

o’pkada 

to’liq 


so’riladi. 

Ko’pchilik 

uchuvchi 

noelektrolitlar, 

uglevodlar, 

spirtlar,efirlar  oddiy  qonunga  asosan  gradient  kontsentratsiya  kamaygan  yo’nalishda 

so’riladi.  Zaharlarning  organizmga  tushish  tezligi  zaharning  fizik-kimyoviy 

xususiyatlariga bog`liq bo’lib, organizmning fiziologik holati kam ahamiyatga ega. 

Ayrim  bug`  va  gazlar  (vodorod  xlorid,  vodorod  ftorid,  oltingugurt  gazlari, 

noorganik kislota gazlari) nafas olish yo’llarining o’zidayoq o’zgarishlarga uchraydi. 

Bundan tashqari ular alveolyar membranalarni shikastlashi tufayli, bar`er va transport 

vazifasini ishdan chiqaradi va toksik o’pka shishishiga olib keladi.  

Ko’pchilik  sanoat  korxonalarida  hosil  bo’ladigan  aerozollar  (chang,  tutun,  tuman) 

zarrachalar  yig`indisini  hosil  qiladi  (ko’mir  changi,  silikat  changi).  Ular  nafas 

yo’llarida tushib qoladi va tashqariga chiqariladi. YUqori nafas yo’llarida 80-90%  10 

mikrometrgacha bo’lgan chang zarrachalari ushlanib qolinadi, alveolalarga 1-2 mkm 

va undan yirik zarrachalarning 70-80% tushadi. 

O’pkaning  o’z-o’zini  zaharlardan  tozalash  jarayonida  alveola  makrafaglari  va 

limfatik tizim katta rol o’ynaydi.  Lekin  metall aerozollari qon oqimiga  yoki  limfaga 

tezda  so’rilishi  oqibatida  ular  oqsillar  bilan  kompleks  hosil  qiladi  va  tana  haroratini 

oshishi zaharlarning rezorbtiv ta`siri ekanligini ma`lum qiladi. 

Toksik 


moddalarning 

teri 


orqali 

o’tish 


asosan 

sanoat 


sharoitida 

kuzatilib,epidermis  orqali,  soch  follikulalari  orqali  va  yog`  bezlari  chiqish  yo’llari 

orqali    bo’lishi. mumkin: 

Epidermis  lipoproteinli  bar`er  vazifasini  bajarib,  turli  yog`da  eruvchi  gaz  va 

organik moddalarning ma`lum qismi ushlanib qolinadi. Ammo ikkinchi bosqichda bu 

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

16 


 

birikmalar dermadan qonga o’tadi. Agar bu moddalar yuqori toksik modda (aromatik 

nitratlangan  va  xlorlangan  uglevodlar,  metallorganik  moddalar)  bo’lsa  o’tkir  teri 

orqali zaharlanishi alomatlari yuzaga chiqadi. 

Ko’pchilik metall tuzlari, asosan simob, talliy  yog` kislotalari  at teri yog`lari 

bilan birikib, ular epidermisning himoya qavatidan o’tadi. 

Terining mexanik jarohatlari (shilinishi, yaralar), termik va kimyoviy kuyishlar  

toksik moddalarning organizmga tushishini tezlashtiradi. 

Zaharlovchi  moddalar  qo’llash  usuliga,  ularning  fizik  va  kimyoviy 

toksikologik  xossalariga  qarab  ta`sir  qiladi.  Bu  moddalarning  ba`zilari  nafas  yo’llari 

orqali tushsa, ba`zilari boshqa yo’llar bilan organizmga tushadi. 

Zaharlovchi  moddalar  ko’pincha  bug`  va  aerozol  holida  nafas  yo’llariga 

tushadi. Havo yo’llariga tushgan zaharlovchi modda shilliq pardalarda to’xtab kolishi 

natijasida  qisman  o’pka  alveolalari  orqaln  qonga  so’riladi.  Agar  o’pka  alveolalari 

yoyib qo’yilsa, uning yuzasi taxminan 90—100 m

2

 yuzaga tarqaladi, shuning uchun u 



nafas  orqali  zararlanish  klinikasida  birinchi  o’rinni  egallaydi,  ya`ni  zararlanish 

klinikasi tezda rivojlanadi. 

Ba`zi  bir  zaharlovchi  moddalar  organizmga  tushgach  nafas  yo’llari  shilliq 

pardalariga  va  o’pka  to’qimalaridagi  intraretseptorlarga  maxalliy  ta`sir  ko’rsatishi 

mumkin.  Reflektor  yo’l  bilan  ta`sir  qilganda  organizmga  umumiy  ta`sir  qilishi 

kuzatiladi.  O’pka  sezuvchi  nerv  oxirlariga  juda  boy  refleksog`en  zona  bo’lib 

xisoblanadi.  SHuning  uchun  patologik  reflekslar  zaharlovchi  moddalar  ta`sirida 

o’pkada paydo bo’lishi mumkin. 

Zaharlovchi  moddalar  bilan  nafas  yo’llari  orqali  zararlanish  ingalyatsion 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin