Qaynash va erish harorati zaharlovchi moddannng ta`rifida asosiy o’rin
egallaydi. Kaynash harorati zaharlovchi moddaning uchuvchanligiga bevosita bog`liq
Kupchilik zaharlovchi moddalar suyuqlik holatida bo’ladi, bu suyuqliklarning
qaynash haroratiga qarab shartli ravishda past haroratda qaynaydigan va yuqori
haroratda qaynaydigan moddalarga bo’lish mumkin. Past haroratda qaynaydigan
zaharlovchi moddalar tez bug`lanadi va havoda yuqori kontsentratsiyayi tashkil
qiladi, lekin ular ishlatilgan joyida qisqa vaqt saqlanib qoladi. YUqori haroratda
qaynaydigan zaharlovchi moddalar ishlatilganda ular juda sekin bug`lanadi,
ishlatilgan joylarida uzoq muddatgacha saqlanishi tufayli zararlash xususiyati kuchli
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |