zaharlovchi moddaning samaraliligi avvalo toksikologik laboratoriyalarda tajriba
tariqasida hayvonlarda tekshirib ko’riladi. Faqat hayvonlarda yuqori zamonaviy
tekshirishlarga asoslanib o’tkazilgan patofiziologik.biokimyoviy ,morfologik klinik
6
va boshqa tajribalar asosida zaharlovchi moddalarning ta`sir qilish mexanizmini,
zaharlanishning
patogenezini,
ziddi-zaharlar
bilan
davolash
yo’llarini
va
zaharlanishni oldini olish masalalarini o’rganib chiqadi. Bundan tashqari, bu
tajribalarda moddaning hayvonlarga ko’rsatadigan maxalliy va umumiy ta`siri, nafas
yo’llari, me`da-ichak yo’li, shikast etmagan teri va shilliq pardalar orqali yaxshi
so’rilish-so’rilmasligi aniqlanadi va shu tariqa uning qay darajada zaharliligi
belgilanadi.
Zaharlovchi moddalar shunday kimyoviy birikmaki, ular atmosferada turli
agregat holatida (bug`, gaz, aerozol, suyuq, tomchi sifatida) bo’lib, tushgan joyida
odamlar va hayvonlarni qobiliyatiga ega bo’ladi.
Za har deb biror yo’l bilan kam miqdorda bo’lsada organizmga tushgan va
uning normal faoliyatini izdan chiqaradigan yoki o’ldiradigan yuqori toksik
moddalarga aytiladi.
Zaharlanish organizmga zaharli modda ta`siri natijasida undagi normal
fiziologik jarayonlarning buzilib qolishidir. Organizmning zaharlanishi unga tushgan
zaharli moddaning miqdoriga, organizmning umumiy holati hamda zaharning
organizmga qaysi yo’l bilan tushganiga bog`liq
Z a h a r l i l i k ya`ni t o k s i k l i k deb, kimyoviy zaharlovchi moddalarning
organizm hayot faoliyatini izdan chiqarib, zaharlay olishiga aytiladi. Zaharli
moddaning zaharliligi ularning fizik va kimyovny xossalariga va to’zilishiga bog`liq
Zaharlar ta`sirini belgilab beradigan asosiy omillardan biri ularning qanday
miqdor yoki kontsentratsiyada organizmga ta`sir ko’rsatishidir. Zahar degan
tushunchaning o’zi ham hamisha moddaning miqdori, kontsentratsiyasi bnlan
bog`langan
Miqdor deb, zaharli moddaning ma`lum og`irlik birliklarida ifoda qilinadigan
miqdoriga aytiladi va mg/kg bilai ifodalanadi.
Zaharlovchi moddaning kontsentratsiyasi deb biror hajm birligidagi
mikdoriga aytiladi. Kontsentratsiya — litr (mg/l), (g/l), (g/m ) gramm yoki
milligrammlarda ifodalanadi. Suvning va havoning qay darajada zararlanganligi shu
tarifda belgilanadi.
Zaharlovchi moddaning maydon birligiga to’g`ri keladigan miqdori zaharlanish
tig`izligi deb ataladi. Bir metr kvadratdagi zaharlovchi modda grammlar bilan
ifodalanadi (g/m ). Joylar, yo’llar va texnika buyumlarining zaharlanish darajasi ana
shunday ifodalanadi.
Toksikologiyada zaharlovchi moddalarning zaharlilik darajasini belgilash
uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
— yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi va miqdori — bunda
zaharlovchi modda uzoq muddat ichida ta`sir qilsa ham kishi organizmida hech
qanday o’zgarish yuzaga kelmaydi;
— bo’sag`a miqdori yoki kontsentratsiyasi — bunda engil darajadagi klinik
alomatlar paydo bo’ladi, ish qobiliyati pasayib ketadi;
Dostları ilə paylaş: