7
Bu erda I — ingliz so’zining birinchi harfi bo’lib, Incapacitating — qobiliyatsiz,
qobiliyati yo’q degan ma`noni bildiradi;
— o’ldiradigan o’rtacha miqdor va kontsentratsiyasi — bunda zaharlangan
kishilarning 50% i halok bo’ladi va CL
50
, DL
50
lar bilan ifodalanadi;
— absolyut o’ldiradigan miqdori yoki kontsentratsiyasi — bunda
zaharlanganlarning 90—100% i halok bo’ladi va SL
50
, DL
50
bilan ifodalanadi.
Zaharlovchi moddaning organizmda qanday patologik jarayonlar rivojlanishiga
olib
kelishi
ko’p
jihatdan
organizmda
zaharlovchi
moddaning
qanday
biotransformatsiyaga uchrashiga bog`liq Agar organizmga tushgan zaharlovchi
modda miqdori ma`lum vaqt ichida kam miqdorda chiqarilsa, unda organizmda asta-
sekinlik bilan to’planib boradi. Buning natijasida zaharlovchi moddaning ta`sir kuchi
va ta`sir muddati oshib boradi, ya`ni kumulyatsiya hosil bo’ladi. Kumulyatsiya ikki
xilda bo’ladi:
1. Moddiy kumulyatsiya—bunda zaharlovchi modda organizmda sof holda
to’planib boradi.
2. Funktsional kumulyatsiya — zaharlovchi modda organizmga ta`sir kuchini
to’plab boradi.
Zaharlovchi modda to’qimalarda to’planib borgani bilan ularda qaytmas
o’zgarishlarni keltirib chiqarmaydi. lekin uning funktsiyasiga kuchli ta`sir ko’rsatadi.
SHuning uchun organizmga tushadigan zaharlovchi moddalarning miqdorsi va
kontsentratsiyasi hal kiluvchi ahamiyatga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi