Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Klinik  manzarasi.  Og`ir  darajadagi  zaharlanishda  koma  holati  rivojlanadi, 

bunda  nafas  olish  va  qon  aylanishi  funktsiyasi  qisman  saqlangan  holda  muskullar 

batamom bo’shashadi, reflekslar  va sezish  xususiyatlari  yo’qoladi  va  hushdan ketish 

holati  yuz  beradi.  Koma  rivojlanishida  3  bosqich  tafovut  qilinadi.  I  bosqichda  oyoq 

va  qo’l  mushaklari  hamda  chaynov  muskullari  gipertonusi  kuzatiladi.  II  bosqichda 

muskullar tonusi pasayib, kuchli ta`sirlarga va nashatir spirtiga sezuvchanlik saqlanib 

qoladi. III bosqichdagi komada reflekslar yo’qolishi va organizmning xayotiy muhim 

a`zolari  faoliyati  buzilishi  kuzatiladi.  Nafas  olish  etishmovchiligi  natijasida  yurak-

tomir etishmovchiligi rivojlanadi.  

YUqori  darajadagi  zaharlanishning  klinik  belgilari  quyidagilardan  iborat:  yuz 

shishishi,  teri  rangining  to’q  qizil  va  kukimtir  (tsianotik)  tusda  bo’lishi  kuzatiladi. 

Badan terisi sovuq nam va yopishqoq bo’ladi. Ayrim vaqtlarda tana harorati pasayib 

ketadi.  CHiqarilgan  nafasdan  alkogol  hidi  seziladi.  Beixtiyor  siyib  quyish  va  ich 

ketishi kuzatiladi. Zaharlanganlarda nevrologik simptomlar tez-tez o’zgarib turadi.  

Gipoksiya  holati  rivojlanganda  ko’z  korachigining  kengayishi  aniqlanadi. 

Nistagm  paydo  bo’ladi,  ko’z  soqqasining  mayatnikka  o’xshab  tebranishi  kuzatiladi, 

gilaylik  paydo  bo’ladi.  Zaharlanishning  boshlangich  davrida  puls  tezlashadi, 

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

50 


 

tarangligi  kuchaygan  bo’ladi,  lekin  og`ir  holatlarda  puls  tarangligi  pasayib  ketadi, 

Arterial bosim oldin ko’tarilgan bo’ladi. keyinchalik pasayib ketadi.  

Og`ir  zaharlanish  yuz  berganda  avvalo  nafas  olish  keskin  buziladi, 

zaharlanishning  keyinchalik  obturatsion  aspiratsion  asoratlari  rivojlanishi  (tilning 

orqaga  ketib  kolishi,  bronxoreya  holati  paydo  bo’lishi,  shilimshiq  suyuqliklar  va 

qusuq  massalarining  nafas yo’llariga ketib kolishi (aspiratsiya)  natijasida  nafas olish 

tamoman  buzilishi)  kuzatiladi.  Ba`zan  nafas  olish  shovqinli,  chuqur  va  uzoq  davom 

etadigan  bo’lib  qoladi  (stridoroz  nafas).  Boshqa  hollarda  esa  CHeyn  —Stokscha 

(kuchayib,  asta-sekin  tezlashib  boradigan,  nafas  harakatlari  siyrak  va  yuza  bo’lib, 

keyin qisqa vaqt butunlay to’xtab turadigan, so’ngra yana kuchayib boradi 

Odatda  zaharlanish  yaxshilik  bilan  tugaydi,  8—12  soatdan  so’ng  zaharlangan 

odam hushiga keladi va tez orada tuzalib ketadi.  

Agar  komatoz  holat  bir  sutkadan  ortiq  davom  etsa,  okibati  har  doim  jiddiy 

bo’ladi. Og`ir holatning uzoq vaqtga cho’zilib ketishiga bir nechta zaharli moddalarni 

birdaniga  ichish  (alkogol+uglevodorodxlorid  yoki  fosfororganik  moddalar),  boshqa 

bir kasalliklar, boshning shikastlanishi (miyaning chayqalib, lat eyishi va boshqalar), 

miyada qon aylanishining o’tkir buzilishi va boshqalar sabab bo’lishi mumkin, Og`ir 

holatning  davomiylashib  ketganligini  ba`zan  tajribali  shifokor  ham  aniqlay  olmaydi. 

SHuning  uchun  zaharlanish  sababini  aniqlashda  mutaxassis  (nevropatolog, 

neyroxirurg, okulist va boshqalar) ning maslahati zarur bo’ladi.  

Davosi.  Alkogoldan  zaharlanganda  uning  organizmga  tarqalishini  darhol 

to’xtatish  uchun  me`da  zond  bilan  yuviladi.  Mastlikni  bartarf  qilish  uchun  venaga 

glyukozaning gipertonik eritmasi, insulin va (500 ml 20% li glyukoza eritmasi va 20 

TB insulin), 500—1000 ml 4% li natriy bikarbonat eritmasi birga yuboriladi. 

 YUrak-tomir etishmovchiligi kuzatilmasa va zaharlangan kishi hushida bo’lsa, 

jadallashtirilgan  diurez  o’tkazilishi  kerak  bo’ladi.  Bunda  sutkasiga  3—5  l  gacha 

ishqoriy  mineral  tuzlar  ichiriladi.  Koma  holati  yoki  aniq  yuzaga  chiqqan  dispepsiya 

holatlari  (qusish)  paydo  bo’lganda  venaga  0,9%  li  natriy  xlorid  eritmasi  yoki  5%  li 

3—5  l  glyukoza  eritmasiga  1  g  kaliy  xlorid  ko’shib  yuborish  zarur.  Mushaklar 

orasiga 1 ml novurit eritmasi yuboriladi.  

Arteriya  bosimi  pasayganda  yurak-tomirlari  dorilari:  strofantin.  kofeinning  2 

ml 10% li eritmasi, 2 ml kordiamin, vitaminlardan V;, Vb, S yuboriladi. Zaharlangan 

kishini isitish zarur. Unga choy va kofe beriladi.  


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin