Toksikologiya asoslari doc


Tetraetilko’rg`oshin.  Fizik  va  kimyoviy  xossalari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Tetraetilko’rg`oshin.  Fizik  va  kimyoviy  xossalari.  Tetraetilqo’rg`oshin  — 

R(S


z

N

5



)

4

  —  rangsiz,  ba`zan  sarg`ish  moysimon  suyuqliq,  o’ziga  xos  yoqimli  (meva 



hidi) hidga ega. Qaynash harorati 200°S, yuqori haroratda (400°S da) portlab ketadi. 

Solishtirma og`irligi 1,64 (20°S da).  

Tetraetilqo’rg`oshin  bug`lari  havodan  og`ir.  Suvda  erimaydi,  organik 

erituvchilarda (efir, dixloretan, yog`lar va boshqalar) da yaxshi eriydi. U qo’rg`oshin 

sanoatida 

suyuq 


holda 

ishlab 


chiqariladi, 

uning 


tarkibida 

40—50% 


tetraetilqo’rg`oshin  va  erituvchi  modda  bo’ladi.  Etilli  suyuqliklar  neft-kimyo 

korxonalarida  benzin  tayyorlashda  ishlatiladi.  Har  bir  litr  benzinga  1—1,5  ml 

tetraetilqo’rg`oshin  qo’shiladi.  Bunday  benzin  etillangan  deb  ataladi.  Ichki  yonish 

dvigatellarida detonatsiyaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi.  

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

51 


 

Zaharli miqdori. Tetraetilqo’rg`oshin organizmga nafas yo’llari, hazm yo’llari 

va  teri  orqali  tushadi.  Organizmdan  asosan  buyrak  orqali  chiqariladn.  Tetra 

etilqo’rg`oshinning  havodagi  ruxsat  etilgan  kontsentratsiyasi  0,0005  mg/m

3

,  hazm 



yo’llari orqali  me`daga tushganda o’lim yuz beradi (o’ldiradigan  miqdori  1,5 mg/kg 

(50—100 ml) ni tashkil qiladi).  

Hozirgi  vaqtda  markazlashtirilgan  holda  neft-kimyo  korxonalarida  etillangan 

benzin  tayyorlash  yo’lga  qo’yilganligi  sababli  etilli  suyuqliklardan  zaharlanish  kam 

uchraydi.  Lekin  etillangan  benzin  bilan  ishlashda  havfsizlik  texnikasi  qoidalariga 

rioya qilinmaganda surunkali zaharlanishlar ro’y beradi.  




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin