(shoferlar, ombor ishchilari va benzin quyuvchilar) bu holdagi zaharlanish ko’p
uchrab turadi. Zaharlanish asta-sekin sodir bo’ladi, chunki tetraetilqo’rg`oshin
kumulyativ xususiyatga ega. Bunda bosh og`rishi va tez charchash paydo bo’ladi,
ishtaha yo’qoladi. Uyqu yuzaki bo’lib, dahshatli tushlar ko’radi. Ko’p terlash
kuzatiladi. Astenik holat asta-sekin og`irlashib boradi va umumiy loxaslik kuchayadi,
darmonsizlik, xotira pasayishi, ishlash qobiliyatini yo’qolishi kabi alomatlar paydo
bo’ladi. Jizzakilik, serjahllik emotsiyaning buzilishi rivojlanadi. Zaharlangan odam
52
Ayrim vaqtlarda zaharlangan kishilarda paresteziya paydo bo’ladi. Ular qo’l-
oyoklarning uvishib qolishidan, badan jimirlashi, og`izda birorta narsa bordek
tuyulishi, tishlarning «yumshab» qolganligidan shikoyat qiladilar. Ba`zi kishilarning
qo’l-oyoqlarida, muskullarida va bug`imlarida og`riq paydo bo’ladi.
Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda ularda uchlik simptomi: bradikardiya,
gipotoniya va gipotermiya aniqlanadi. Bundan tashqari, ularda gipergidroz,
qo’llarning titrashi (tremor), pay reflekslarining taranglashgani kuzatiladi. Moddalar
almashinuvining buzilishi tufayli odam oriqlab ketadi. YOshiga nisbatan ancha qari
ko’rinadi.
Qon tekshirib ko’rilganda xech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi, lekin ba`zan
leykotsitoz kuzatiladi. Siydik biokimyoviy tekshirilganda siydikda qo’rg`oshin
borligi aniqlanadi. Siydik tarkibida 0,05—0,07 mg/l miqdorda qo’rg`oshinning
bo’lishi tetraetilqo’rg`oshindan zaharlanganlikni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: