Klinik manzarasi. Zaharlanish klinikasida engil, o’rta va og`ir darajadagi
zaharlanishlar tafovut qilinadi.
O’tkir zaharlanishlar. Bu turdagi zaharlanish juda kam uchraydi. Ko’pincha
toza tetraetilqo’rg`oshin va etilli suyuqliklar bilan ishlaganda zaharlanish mumkin.
Organizmga zaharli modda tushganda xech qanday klinik belgilar ko’rinmaydi,
yashirin davr, ya`ni 3—5 kundan keyin intoksikatsiya, psixoz holati rivojlanadi,
uyqusizlik paydo bo’ladi. Psixoz holati ko’pincha alkogolizm oqibatida yuz
beradigan oq alahlashni eslatadi. Og`ir zaharlanishda psixomotor qo’zg`alishlar
rivojlanadi va bir necha vaqtdan so’ng komatoz holat paydo bo’ladi. Odamning
hayotiy muhim a`zolari tufayli o’lim sodir bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |