Tolipova t



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə22/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

Mars


Mars diametri Yernikidan ikki marta kichik. Uning tashqi ko‘rinishi qizg‘ish rangda. Sayyora sirti tosh va qumliklarda iborat. Sirtida tog‘lar ko‘p, balandligi 2500 metrgacha bo‘lgan tog‘lar ham bor. Sirti karbonat angidrid, azot, argon kabi gazlar bilan qoplangan. Marsda kunduzi harorat +200C kechasi -1000C atrofida bo‘ladi.
Marsda muzlagan suv parchalari topilgan lekin bu sayyorada ham hayot yo‘qligi aniqlangan.
O‘qituvchi: Bolajonlar zerikib qolmadingizmi endi Yupiterga sayohat qilamiz.
O‘quvchilarni uchishga tayyorlaydi.
O‘quvchilar birgalikda sanaydilar. 5, 4, 3, 2, 1… qani ketdik Uzoqdan Yupiter sayyorasi ko‘rinadi.

Yupiter


O‘qituvchi: Yupiter haqida ma’lumot beradi.
Yupiter eng katta sayyora hisoblanadi. Uning diametri Yernikidan 11 marta katta. Bu sayyora ulkan bo‘lsada, uning sirtida tog‘lar va chuqurliklar yo‘q, chunki uning sirti asosan suyuq holatdadir. Sayyora sirti asosan vodorod va geliy gazlari bilan o‘ralgan. Yupiter sirti kunduz kuni ham sovuq bo‘lib, harorat -1000C gacha pasayadi.
O‘qituvchi: Bolajonlar endi Saturn sayyorasiga sayohat qilamiz. Bolajonlar hamma tasmasini ko‘zdan kechirsin, hamma uchishga tayyormi?
O‘quvchilar: Ha tayyormiz deb javob berishadi va sanaydi. 5, 4, 3, 2, 1…
O‘qituvchi: Ekrandagi Saturn sayyorasiga o‘quvchilar diqqatini qaratib u haqida ma’lumot beradi.

Saturn


Saturn ham ulkan sayyora hisoblanadi. U Yupiterdan biroz kichikroq. Saturn halqali sayyoradir. Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat. Sirti suyuq holatdagi moddalardan tashkil topgan. Uni vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi. Sirtidagi harorat kunduzi -1800C atrofida bo‘ladi.
O‘qituvchi: Ana bolajonlar endigi sayohatimiz Uran sayyorasiga bo‘ladi. Uran sayyorasiga uchishga hamma tayyormi?

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin