- Bir haftada yetti kun,
Yetti kunu yetti tun.
To‘g‘ri ayting, bolalar, Ayting, bu kun qaysi - kun?
Navbatchi o‘quvchi qo‘l kutarib javob beradi, bu kungi ob-havo o‘quvchi tomonidan sinfga osig‘liq turgan tabiat kalendariga belgilanadi.
O‘qituvchi:
- Qani bolajonlarim, Mehri qaynoq buloqlarim. Bugun hamma sog‘lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O‘quvchilar:
Ustoz, bizlar sog‘lommiz, Darsga to‘liq tayyormiz.
O‘qituvchi:- Kim aytadi, bolajonlar, tabiat o‘zi nedur?
O‘quvchi:
Sizga aytsam, aziz ustoz, O‘yga toldim men bir oz.
Va shu xulosaga keldim, Tabiat neligin bildim.
Atrofdagi barcha jonzod, Quyosh, oy, yulduz, hayvonot, O‘simlig-u, gullar bari – Maftunkor tabiatga kirar.
O‘qituvchi: Darsimizning shiori? O‘quvchilar:
- Tabiat - o‘z onamiz, Uni doim sevamiz.
O‘quvchilar doskadagi tabiat so‘ziga klaster usulida ta’rif yozadilar.
Uy vazifasini so‘rash va baholash.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan turli mavzularda savol-javob qiladi, uy vazifasini tarqatma materiallar asosida so‘rab, tekshiradi va baholaydi.
Yangi mavzuning bayoni.
O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar:
1-guruh – «Tog‘lar», 2-guruh «Qo‘riqxonalar», 3-guruh
«Cho‘llar» deb nomlanadi.
Baholash mezoni: har guruhning ball yig‘ishi uchun savatchalarga guruhlar nomi yozilgan, rag‘batlantiruvchi jetonlar orqali baholash qo‘llaniladi: -
Qizil rang a’lo; yashil rang – yaxshi;
sariqrang – qoniqarli.
O‘qituvchi: (Guruhlarga «Venn diagrammasi» aks etgantarqatmalarni ko‘rsatib tushuncha beradi.)Bahor va kuz faslining o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘xshash tomonlarini yozib, taqdimot qiliasiz.