O‘quvchilar: Ha deb javob beradi va o‘quvchilar sanaydi 5, 4, 3, 2, 1…
O‘qituvchi: Uran sayyorasi haqida ma’lumot beradi.
Uran
Uran sayyorasi diametri Yernikidan uch marta katta. Sayyora sirti muzlagan moddalardan iborat. Sirti vodorod, geliy, metan kabi gazlar bilan qoplangan. Sayyora sirtida harorat kunduzi -2100 C ni tashkil etadi.
O‘qituvchi: Bolajonlar zerikib qolmadingizmi? Hozir biz oxirgi sayyora Neptun sayyorasiga sayohat qilamiz.
O‘quvchilar: To‘g‘ri o‘tirib olib sanaydilar 5, 4, 3, 2, 1… ketdik ekranda Neptun sayyorasi ko‘rinadi.
O‘qituvchi: Neptun sayyorasi haqida ma’lumot beradi.
Neptun
Neptun sayyorasi Uran sayyorasidan biroz katta. Sayyora sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat. Sirtini vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi. Neptun sirtidagi harorat kunduzi -2000 atrofida bo‘ladi.
O‘qituvchi: Bolajonlar sayyolarga sayohat qilib charchab qolmadingizmi? Mana endi Yerda maktabimizga, sinfimizga qaytamiz.
O‘quvchilar: Sanaydilar 5, 4, 3, 2, 1…Qaytdik.
O‘quvchilarYergaqaytibtushadilar. bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi: Bolajonlar sayohatimiz yaxshi o‘tdimi? Hozir men sizlarga sayohat qilgan sayyoralar nomini tarqataman. Siz qaysi sayyoralar haqida nimani eslab qolibsiz…? Ular haqida ma’lumot berasiz.
Har bir guruhga Klaster usulida 2 tadan sayyora nomi beriladi.
O‘quvchillar sayyoralar haqida ma’lumot beradi.