“Tomorqa xizmati” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning maqsadli
ishlatilishini, shuningdek, mazkur shaxslar o„rtasidagi shartnoma munosabatlariga rioya etilishini
davriy monitoring qilib borish;
tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi tomorqalarini xizmatlar bilan qamrab olish
darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada ko„paytirish.
11. Quyidagilar:
a) O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosari Sh.M. G„aniyev, O„zbekiston
fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, qishloq xo„jaligi
vaziri J.A. Xodjayev:
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar
va tumanlar hokimlari
bilan birgalikda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanilishi bo„yicha ishlarni manzilli
tashkil etsin;
bir oy muddatda tomorqa yer egalari va kooperatsiyalarni mahsulot ishlab chiqarishning
yangi texnologiyalariga o„rgatish, kooperatsiya a‟zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar
monitoringini o„tkazish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tashqi bozorlarda marketing
tadqiqotlarini o„tkazish bo„yicha qisqa muddatli amaliy o„quv mashg„ulotlarini tashkil etish
bo„yicha reja ishlab chiqsin;
bir oy muddatda tomorqa yerlarida kichik intensiv bog„dorchilik, limonchilik va
uzumchilik, poliz,
dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va boshqa qishloq xo„jaligi mahsulotlarini
yetishtirish bo„yicha namunaviy texnologik xaritalarni, parranda, quyon, qo„y va echki, asalari
uyalari,
intensiv usulda baliq boqish, shuningdek, ixcham issiqxonalar tashkil etish bo„yicha
texnologik tavsiyalarni ishlab chiqsin va ushbu yo„nalishlarda internet tarmog„i orqali onlayn
maslahat berib borilishini yo„lga qo„ysin. Tijorat banklari kreditni rasmiylashtirish jarayonida qarz
oluvchilarning haqiqiy ehtiyojini aniqlash va kreditni qaytarish muddatlarini belgilashda texnologik
xarita va tavsiyalarni inobatga olsin;
b) Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Veterinariya
va
chorvachilikni
rivojlantirish
davlat
qo„mitasi
(B.T.
Norqobilov),
“O„zbekchorvanasl” agentligi (B.T. Atamuratov), “Parrandasanoat” uyushmasi (B.I. Isayev) bilan
birgalikda bir oy muddatda har bir tumanda veterinariya xizmatlarini ko„rsatish va ozuqa-em
tarqatish, aholini o„qitish markazlarini tashkil etsin;
v) Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E.
Burxanov), Hisob palatasi (B.T. Turabov) mazkur qaror doirasida ajratilayotgan mablag„larning
ochiqlik va oshkoralik tamoyili asosida maqsadli ajratilishi va sarflanishi
ustidan doimiy nazorat
o„rnatsin hamda har yarim yilda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot
kiritib borsin.
12. O„zbekiston Milliy axborot agentligi, O„zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O„zbekiston fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda
“O„zbekiston 24” va “Mahalla” telekanallarida tomorqa xo„jaliklarida ochiq va yopiq usulda
qishloq xo„jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida aholining bilim va ko„nikmalarini oshirishga
qaratilgan teleko„rsatuvlar namoyish etilishini tizimli tashkil etsin.
13. Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
O„zbekiston fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo„jaligi vazirligi
bilan birgalikda har bir hududda ochiq va yopiq usulda sabzavot mahsulotlari
yetishtirish hamda
ularning eksportini rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida
loyihalar sonini ko„paytirish uchun mahallalarda taqdimotlar va seminarlar o„tkazilishini
ta‟minlasin.
14. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining va O„zbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga
3-ilovaga
muvofiq o„zgartirish va qo„shimchalar kiritilsin.
15. O„zbekiston Fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qishloq
xo„jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o„zgartirish va qo„shimchalar to„g„risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas‟ul va shaxsiy javobgar etib
O„zbekiston fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, iqtisodiy
taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirining birinchi o„rinbosari S.M. Xolxo„jayev,
Bog„dorchilik va issiqxona xo„jaligini rivojlantirish agentligi direktori X.M. Karimov hamda
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosi uchun mas‟ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosarlari Sh.M. G„aniyev va J.A. Qo„chqorov
zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: