1-BILET. 1-To‘plаmlаr nаzаriyasi – bu matematika minorasining eng kerakli g’ishtlaridan biri bo’lib, matematika singari informatikada ham ma’lumotlarni eng qulay tilda ifodalash imkoniyatini beradi. Ushbu bo`limda to`plam, to’plamning berilish usullari, to’plamlar ustida amallar, to’plamlarni Eyler-Venn diagrammasi orqali tasvirlash, to’plamlarni akslantirish, munosabatlar va ularning kompozitsiyasi, akslantirishlar va ularning turlari, akslantirishlar superpozitsiyasi, to’plamlar nazariyasining aksiomatik tuzilishi haqida so`z boradi. To‘plаm deb, birоr bir umumiy хususiyatgа egа bo‘lgаn оb’yektlаr mаjmuаsiga aytiladi.
To`plamni tashkil qiluvchi ob’yektlаr uning elementlаri deyilаdi.
To`plam elementlari katta qavs ichiga olib yoziladi: . To`plamning bunday belgilanishi 1961 yilda Xalqaro matematiklar kongressida qabul qilingan.
Matematikada “to’plam” terminining quyidagi sinonimlari ishlatiladi: tizim, sinf, oila, majmua.
To‘plаmlarni belgilash uchun lоtin аlifbоsining bоsh hаrflаri:
А, B, C, ..., P, Q, S, … , X, Y, Z
yoki indekslar bilan berilgan bosh harflar qo’llaniladi:
A1, A2, …, P1, P2, … , X1, X2, …,
to‘plаmning elementlari esa lоtin аlifbоsining kichik hаrflаri
а, b, c, ... p, q, s, … x, y, z,
yoki indekslar bilan berilgan kichik harflar
а1, a2, ... p1, p2, … x1, x2, …
bilan belgilanadi.
To‘plаm elementining to‘plаmgа tegishliligini bildiruvchi belgisi - bu grekchа “ ” so`zining bosh harfi “ ” dan olingan bo’lib, u rus tilida “есть”,
ya`ni “bor”, “bo‘lmоq” ma`nolarini beradi. Shundаy qilib, х element Х to‘plаmgа
tegishli bo`lsa, kаbi, tegishli bo`lmasa, yoki kаbi belgilаnаdi va ular mos ravishda “x element X to`plamga tegishli” , “x element X to`plamga tegishli emas” deb o`qiladi.
2) Matematik mantiqning boshlang‘ich tushunchalaridan biri mulohaza tushunchasidir. “Mulohaza” deganda biz rost yoki yolg‘onligi haqida fikr yuritishi mumkin bo‘lgan darak gapni tushunamiz. Har qanday mulohaza yo rost yoki yolg‘on bo‘ladi. Hech bir mulohaza bir vaqtning o‘zida ham rost ham yolg‘on bo‘la olmaydi. Masalan, “ ”, “ ”, “5 son tub son”, “1 son tub son”, “o‘g‘limning yoshi otasining yoshidan katta” mulohazalarining birinchisi – rost, ikkinchisi yolg‘on, uchinchisi – rost, 4 chi va 5 chilari esa yolg‘on mulohazalardir.
So‘roq va undov gaplar mulohaza bo‘la olmaydi. Ta’riflar ham mulohaza bo‘la olmaydi. Masalan, “2 songa bo‘linuvchi son juft son deyiladi” degan ta’rif mulohaza bo‘la olmaydi. Ammo “agar butun son 2 ga bo‘linsa, u holda bu son juft son bo‘ladi” degan darak gap mulohaza bo‘ladi. Bu mulohaza – rost.
Mulohazaning qiymati deganda biz uning rost yoki yolg‘onligini tushunamiz. Mulohazalar odatda lotin alifbosining bosh harflari (A, B, C, .... X, , ) bilan, ularning qiymatlari (“rost”, “yolg‘on”)ni R va Yo harflari bilan belgilaymiz. Bu yerda R – rost, Yo – yolg‘on. Shuningdek, ularni raqamlar bilan ham belgilash kiritilgan bo‘lib, rost mulohaza 1, yolg‘on mulohaza esa 0 bilan belgilanadi.
Qismlarga ajratilmaydigan mulohazalar elementar mulohazalar deb aytiladi. Elementar mulohazalar yordamida undan murakkabroq mulohazalarni tuzish mumkin.
Mulohazalar algebrasining logik amallari maxsus harflar va belgilar orqali berilganda quyidagicha o’qiladi:
p va q
p yoki q
p emas
p dan q kelib chiqadi
p agar faqat va faqat agar q
yolg’on
rost.
Agar mulohazalar o’rtasiga mantiq amallaridan qo’ysak, yangi mulohaza hosil bo’lib, bunday mulohazaga qo’shma mulohaza deyiladi. Mulohazalar algebrasida rost yoki yolg’on tushunchalari asosiy tushunchalardan hisoblanadi. Qo’shma mulohazaning rost yoki yolg’on ekanligini ta’rifdan kelib chiqqan holda jadval asosida ko’rish birmuncha qulaylik tug’diradi. Bunday jadvalga rostlik jadvali ham deyiladi.