29
Toshkentda o'simliklar bilan bog'langan joy nomlari juda ko'p:
Bodomzor, O'rikzor, Olmazor, Sebzor, Qatortol, Qatorterak, Yettiterak,
Ko'kterak,
Yakkatut, Qo'shtut, Yong'oq, Beshqayrag'och, Mingo'rik,
Chilonzor, Qoraqamish kabi nomlar shular jumlasidandir. Hayvonlar nomi
ilan bog'langan nomlar kamroq uchraydi: Bo'rijar, Kaptarxona, Sakbon
(Sag'bon), Chivintepa va boshqalar.
2. Toshkentda
shaharning boy tarixi kabi
tarixiy nomlar
ham ko'p.
Anhor, Jangob, Beshyog'och, Xadra, Chorsu, Namozgoh, Salor, Darxon,
Arpapoya, Kamolon, Eskijo'va kabi nomlar bilan qanchadan qancha tarixiy
voqealar bog'langan. Anhor arabcha “nahr” - daryo so'zining ko'plik shakli.
Toshkentdagi ariqlar umumiy nom bilan anhor deyilgan. Bu arablar istilosi
davridan qolgan nom. Hozirgi vaqtda Toshkentni suv bilan ta'minlaydigan
ariqlardan eng kattasi Anhor nomi bilan ataladi.
Jangob nomi ayrim
tadqiqotchilarning fikricha, jang bo'ladigan joy.
Aslida jang tomoshalari, sport o'yinlari o'tkaziladigan joy bo'lgan.
Beshyog'och nomi uzunlik (masofa) o'lchov birligidan olingan. Bir yog'och 7
- 8 kmga teng bo'lgan. Eski Toshkentdan Beshyog'och darvozasigacha
masofa besh yog'ochga teng bo'lgan. Shundan darvoza nomi shunday deb
atalgan. Hadra ikki so'zdan: had - chegara va roh - ko'cha so'zlaridan
hosil
bo'lgan. Bu ko'cha xon o'rdasidagi chegara ko'cha bo'lgan. Chorsu to'rt suv
emas. To'rt nomi ma'nosini anglatadi. Toshkentning asosiy ko'chalari shu
yerda kesishgan (tutashgan). Binobarin, Chorsu chorraha so'zidan kelib
chiqqan. Chorsuning bozor degan ma'nosi ham bor.
Arpapoya nomining arpa ekilgan joyga hech bir aloqasi yo'q. U ikki
so'zdan “aropa” - handak va “poy” - oyoq - chekka so'zlaridan iborat.
Qadimda ko'pchilik o'rta asr shaharlari kabi Toshkent atrofiga ham mudofaa
handagi qazilgan. Hozirgi Arpapoya o'rnidagi handak chekkadagi, poy -
oyoqdagi handak bo'lgan.
3. Toshkent juda qadimdan hunarmandchilik markazi bo'lib kelgan.
Shu boisdan
Dostları ilə paylaş: