Toponimika va geografik terminshunoslik


Tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar
1
Odatda ismlar tarjima qilinmaydi. Geografik joylar, obyektlar nomi 
ham aslida ismlardir. Lekin jahon geografiyasi va xaritashunosligida ba'zi 
bir xil nomlarni to'liq, ba'zilarini qisman tarjima qilish an'anasi mavjud. 
Bunday an'ana o'zbek tiliga ham tadbiq etildi va xalqaro tarjima 
qilinadigan geografik nomlar o'zbekchaga tarjima qilib yoziladi. Odatda bir 
qancha xalqlar yashaydigan hududlarga tegishli yirik geografik obyektlar 
nomlari, obyektning tabiiy xususiyatiga bog'liq holda paydo bo'lgan 
geografik nomlar to'liq tarjima qilinadi. Masalan; Qora dengiz, fors tilida 
Daryoi siyoh, rus tilida Чёрное море, rumin tilida More Neagre, nemis 
tilida Shvarzes Meyers, fransuz tilida Mer Noire deb yuritiladi. O'lik dengiz 
ruscha Myortvoye more, nemis tilida Totes Meyer, arab tilida Bahr Lut, 
italyan tilida Mar Moto deyiladi. Huddi shunday Yaxshi Umid burni, Yuqori 
ko'l, Ko'k Nil, Qizil dengiz, Oq dengiz, O'rta dengiz, Katta Suvayirg'ich 
tizmasi, Qoyali tog'lar, Katta Sho'r ko'l, Shayton oroli, Olovli Yer oroli, Qorli 
tog'lar, Shamolli orollar, Shamolsiz orollar ham tarjima qilinadi.
Ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo'lgan geografik nomlar qisman 
tarjima qilinadi. Bunda murakkab geografik nomlarning aniqlovchidan 
iborat bo'lgan qismi tarjima qilinib, atoqli otdan iborat qismi tarjima
qilinmaydi. Ruscha yozilgan geografik nomlardan misol keltiramiz. 
Южный, северный, восточный, западный, белый, голубой, зеленый, 
красный, черный, дальний, ближный верхний, нижний, большой, 
малый, средний, старый, новый kabi sifat aniqlovchilar odatda tarjima 
qilinadi. Asosiy nom fonetik transkripsiyaga muvofiq o'zicha yozilaveradi. 
Misollar; Bolshoy Vostochniy Erg–Katta Sharqiy Erg, Vostochno -
Avstraliyskoye techeniye–Sharqiy Avstraliya oqimi, Velikobritanskiye 
ostrova–Buyuk Britaniya orollari, Vostochno–Sibirskiye ostrova–Sharqiy 
Sibir orollari, Zapadno - Frizeskiye ostrova - G'arbiy Friz orollari, Novaya 
Gvineya–Yangi Gvineya, Maliy Atlas - Kichik Atlas, Sredne - Russkaya 
vozvishennost–O'rta Rossiya qirlari, Severnaya Amerika–Shimoliy Amerika, 
1
H.Hasanovning “Geografik nomlar siri” kitobining shunday mavzusi asosida yozildi. Т., “Fan”, 1962.


26
Verxniy Chirchik–Yuqori Chirchiq, Novaya Kaledoniya–Yangi Kaledoniya, 
Sentralnaya Aziya–Markaziy Osiyo va boshqalar.
Lekin to'liq va qisman tarjima qilish usuli ma'muriy va siyosiy 
geografik nomlarga, shaharlar, qishloqlar nomlariga qo'llanilmaydi. Masalan,
O'zbekistondagi Yangiqo'rg'on, Qumqo'rg'on, Yangiyo'l, Yangibozor
Yakkabog', Kattaqo'rg'on, Ko'kterak hamma tillarda ham tarjima qilinmay 
yozilaveradi. Xuddi shunday Velikiye Luki, Verxoyansk, Jeleznovodsk, 
Krivoy Rog, Nijniy Tagil, Nijniy Novgorod, Yujno - Saxalinsk, Staraya 
Russa o'zbek tilida o'z shaklida yozilaveradi. Biroq har bir tilda o'z tili 
grammatikasi imkoniyatida shartli transkripsiya qo'llanishi mumkin.
Tarkibida ruscha 
zemlya (yer) 
so'zi bo'lgan geografik nomlarni
yozishda ikkita qoida mavjud; 1) Agar zemlya turdosh ot (termin) bo'lsa 
tarjima qilib yoziladi. Masalan, Zemlya Adeli – Adeli Yeri, Zemlya 
Amudsena – Amudsen Yeri, Zemlya Fransa Iosifa – Frans Iosif Yeri deb 
yoziladi. 2) Agar 
zemlya 
so'zi atoqli ot bo'lib kelsa, u tarjima qilinmaydi. 
Masalan, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya ko'rinishida yozilaveradi. Agar 
geografik nomlar faqat aniqlovchidan iborat bo'lsa, u holda tarjima 
qilinmaydi. Masalan; Beloye ko'li, Tixaya daryosi, Issiqko'l, Qorako'l, 
Olako'l, Muzko'l va boshqalar hamma tilda ham tarjima qilinmay 
yozilaveradi. Tov, too, dog' so'zlari geografik nomlar tarkibida kelgan 
hollarda tov, dog' deb yoziladi. Masalan, Kopetdog', Nebitdog', Qoratov, 
Saritov, Olatov va h.k. Bular nom tarkibiga kirmasdan tog' ma'nosida 
kelganda tog' deb alohida yoziladi. Masalan, Ili Olatog'i, Talas Olatog'i va b.


27

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin