1. Terminlar ilmiy va etimologik jihatdan to'g'ri bo'lishi kerak.
Bunga fanning nomini misol qilib keltirish mumkin; geografiya deb atalgani
ma'qulmi, jo'g'rofiya deyilganimi? Geografiya termini asli yunoncha bo'lib,
“ge” - yer, “grafo” - tasvirlayman so'zlaridan iborat. Jo'g'rofiya bizga ingliz
va turklar orqali kirib kelgan bo'lib, geografiyaning buzilgan shaklidir. Ge –
yer so'zi bilan boshlanadigan bir qancha fanlar bor; geografiya, geologiya,
geomorfologiya, geofizika, geotektonika va boshqalar. Hammasi o'zgarmay
qolgan. Faqat geografiyani o'zgartirsak ham ilmiy, ham etimologik xatoga
yo'l qo'ygan bo'lamiz. Chunki jo'g'rofiya deganda asl ma'nosi o'zgarib ketadi,
bema'ni so'zga aylanib qoladi.
2. Terminlar ko'pchilikka tushunarli, aytishga oson, ixcham, tugal
ma'noli bo'lishi kerak.
Keyingi vaqtda taklif qilingan muvoziy, mador,
bahr, jo'g'rofiyun kabi terminlar arabchadan kirib kelgan bo'lib, hozirgi
vaqtda muomaladan chiqib ketgan, ularga ko'pchilik tushunmaydi.
Binobarin, ularni qo'llansh maqsadga muvofiq emas. Ular o'rniga parallel,
tropik, dengiz (okean), geograf terminlari paydo bo'lgan, hamma tushunadi.
3. O'zbek tili normalariga mos bo'lishi kerak.
4. Terminlar lug'at boyligi, qotib qolgan emas.
Eskirgan terminlar
muomaladan chiqib ketib, yangilanishi, yangi terminlar kirib kelishi
mumkin. Masalan: xattiystvo, mador, qarat, bahr, ummon o'rniga ekvator,
tropik, materik, dengiz, okean deb ataladigan bo'lgan.
Ho'sh, terminlar qayerdan olinadi? Terminlarning bir qancha
manbalari
mavjud.
1. O'zbek abadiy tilining so'z zahirasi, ya'ni lug'atlar, badiiy va
ilmiy adabiyotlar.
Bunday adabiyotlarda mavjud bo'lgan terminlarni ikki
guruhga bo'lish mumkin:
a) Sof o'zbek (turkiy) terminlari. Masalan: jar, bulut, yoz, yomg'ir,
kechik, kent, qo'rg'on, soz, gilmoya va boshqalar.
b) O'zbek tili zahirasiga kirib, o'zlashib ketgan boshqa xalqlar
terminlari: manba, mansab, chashma, sohil, daryo va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |