Toponimika va geografik terminshunoslik


Toponimik ma'lumotlarni to'plash



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Toponimik ma'lumotlarni to'plash
Har bir joyning geografik nomlarini o'rganish ma'lumotlar to'plashdan 
boshlanadi. Geografik nomlar haqidagi ma'lumotlar bevosita joyda, 
o'rganilayotgan hududda yig'iladi.
Kerakli ma'lumotlarni yana xaritalardan, turli xil ma’lumotlardan, 
badiiy, tarixiy adabiyotlardan, shuningdek davlat arxivlaridan olinadi. Ilmiy 
sayohatlar vaqtida aholidan, xususan qariyalardan so'rab o'rganish ma'lumot 
to'plashda katta yordam beradi. Ma'lumotlar qanday manbalardan to'plangan 
bo'lishidan qat'iy nazar, to'g'ri bo'lishi kerak.
Joyda ma'lumot yig'ish vaqtida hamma nomlarni, shu jumladan juda 
kichik geografik obyektlar nomlarini ham yozib borish kerak. Geografik 
nomlar tushunarli bo'lsa ham, tushunarsiz bo'lsa ham, o'zbekcha bo'ladimi, 
boshqa tilda bo'ladimi baribir yozib olish zarur. Yozuv o'zbek tili qoidalariga 
mos bo'lsin.


33
Joy nomlarini o'rganishni har bir nom uchun kartoteka tuzishdan 
boshlash zarur. Har bir nomni o'rganganda va ma'lumot to'plaganda muayyan
tartibdagi savollar tuzilishi va nomlarni dastlabki o'rganish ana shu 
savollarga javob tayyorlashdan iborat bo'lishi kerak.
Bu savollar quyidagilar:
1. Mazkur nom nimaning nomi: qishloqmi, shaharmi, tog'mi, 
daryomi, ko'lmi, ko'chami, ovulmi, mahallami, guzarmi, buloqmi, jarmi va 
h.k.
2. Bu obyektning boshqa nomi ham bormi, bo'lsa ilgarigi nomi 
qanday, qachon, nega o'zgartirilgan?
3. Bu nom qachondan beri mavjud?
4. Yaqin atrofda yana shu nomda boshqa obyektlar (daryo, ko'l, jar, 
qishloq va boshqalar) bormi?
5. Mahalliy aholi joy nomi ma'nosini qanday tushuntiradi?
6. Mahalliy aholining joy nomi haqidagi fikri siz yiqqan 
ma'lumotlarga to'g'ri keladimi?
7. Joy nomida mahalliy tabiiy xususiyatlar qanchalik aks etgan.
Har bir nom uchun tayyorlanadigan kartochka o'lchami 7,5 x 12,5 sm 
bo'lib, yupqa kardon qog'ozdan tayyorlansa yaxshi bo'ladi. Kartochkaning bir 
tomoniga eng yuqori qismiga yirikroq harflar bilan joy nomi yozib qo'yiladi. 
So'ngra bu nomning nimadan iboratligi, qayerda joylashganligi, boshqa 
nomlar bo'lsa, ular ham yoziladi. Kartochkaning orqasiga mazkur nomning 
etimologiyasi, hozirgi vaqtda qanday talaffuz qilinishi, to'g'ri yozilishi yozib 
qo'yiladi.


34

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin