30
o'zgartirlib, O'zbekistonga, Toshkentga hech qanday aloqasi bo'lmagan
kishilar nomlari qo'yildi. Lekin joylarga kishilar nomini qo'yishga juda
berilib ketmaslik kerak. Memorial nomlar bundan mustasno, albatta. O'zbek
xalqining jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, taniqli
olim, yozuvchi, shoirlar, sarkardalar, ma'rifiy namoyondalar, xalq ustalari
nomlarini Toshkentda hurmat va g'urur bilan e'tirof qilishadi. Ularning
nomlari ko'chalar, maydonlar, bog'lar, hiyobonlarga, o'quv yurtlari, ayrim
muassasa, korxona, tashkilotlarga qo'yilgan. Lekin kishilar nomlari berilgan
joylarga o'sha shaxs haqida ma'lumotnoma yozib qo'yilsa yaxshi bo'lardi.
Amir Temur, Bobur, Ulug'bek, Beruniy, Navoiy, Mashrab, Xorazmiy,
Ahmad Farg'oniy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Abdulla
Avloniy, G'ofur G'ulomlarning kimligini ko'pchilik yaxshi biladi. Lekin chet
ellik sayyohlar hammasi ham bilmasligi mumkin. Huddi shunday
Yunusobod mavzeyi kimning nomiga qo'yilganligini ko'pchilik bilmasa
kerak. Bu joyni nisbatan yaqinda, 1919 yilda taxtapullik Yunus ismli kosib
bu yerga kelib, o'zlashtira boshlagan. Yer ochib, dehqonchilik qilgan.
Keyinchalik taxtapullik ko'p oilalar kelib unga qo'shilishgan. Bu yer shu
tariqa obod bo'lgan. Mavze nomi birinchi bo'lib qo'riq ochib, obod qilishni
boshlagan Yunus aka nomi bilan Yunusobod deb ataladigan bo'lgan.
5. Toshkentda ma'nosini tushunish qiyin bo'lgan
Dostları ilə paylaş: