Ilgargi nomi: Hozirgi nomi:
RSFSR
Rossiya Federatsiyasi
Belorussiya SSR
Belorus
Qirg'iziston SSR
Qirg'iziston Respublikasi
Habashiston
Efiopiya
Birma
Myanma
Polsha Xalq Resp.
Polsha
Selinograd
Astana
Qo'shma geografik nomlarni yozishda ko'pincha xatoga yo'l qo'yiladi.
Agar geografik xaritalarni ko'zdan kechirsangiz bunday nomlar bir joyda
qo'shib yozilganini (Kattaqo'rg'on, Qorasuv), boshqa joyda ajratib
yozilganini (Moyli suv) (O'zbekiston iqtisodiy xaritasida) ko'rasiz. Ba'zi
nomlar defis bilan ajratib yoziladi (Volga - Don, Petropavlovsk -
Kamchatsk).
O'zbekistondagi bunday geografik nomlarni yozishda quyidagi
qoidaga amal qilinadi: agar murakkab (qo'shma) geografik nomlarning
ikkinchi o'zagi (komponenti) atoqli ot bo'lsa, ularning har biri alohida –
alohida va bosh harf bilan yoziladi. Masalan, Eski Toshkent, Yuqori
Chirchiq, Yangi Urganch, Qo'hna Urganch va h.k. Agar murakkab geografik
nomlarning ikkinchi komponenti turdosh ot bo'lsa, u holda qo'shib yoziladi;
Kattaqo'rg'on, Yangiyo'l, Jumabozor, Bekobod. Murakkab geografik
nomlarning har ikkala komponenti bosh kelishikdagi atoqli otlardan iborat
bo'lsa, u holda defis orqali bosh harf bilan yoziladi; Orexovo - Zuyevo,
Volga - Don, Qozi - Muhammad va boshqalar.
24
Geografik nomlarni yozishda bizda rus tilidagi manbalar – atlas,
xarita, lug'at va qo'llanmalar asos qilib olinar edi. Bunda geografik nomlarni
yozish osonlashgan. Chunki turli shakldagi toponimlardan foydalanilmasdan
faqat rus tilidagi shaklidan foydalanilgan. Lekin ruscha yozishda yo'l
qo'yilgan xatolar o'zbekcha yozganda ham takrorlangan. Masalan, Xamburg
- Gamburg, Xollandiya - Gollandiya, Xenova - Genuya, Norge - Norvegiya,
Napoli - Neapol, Kyobenxavn - Kopengagen va h.k. deb yozilgan. Endi
bularni tuzatish mumkin, lekin ayrimlari an'anaviy (traditsion) nomga
aylanib qoladi va shunday xatoligacha yozilaveradi.
Rus tilida geografik nomlar ba'zan bosh kelishikda (m. Chelyuskin,
o. Chkalov, g. Amundsen, o. Rudolf), ko'pincha qaratqich kelishikda (mis
Dejneva, ostrov Vrangelya, gora Kuka, proliv Laperuza) yoziladi. O'zbek
tilida bunday nomlarning hammasi, rus tilida qanday yozilganidan qat'iy
nazar, bosh kelishikda yozila beradi. Masalan, Chelyuskin burni, Chkalov
oroli, Amundsen tog'i, Rudolf ko'li, Dejnev burni, Vrangel oroli, Kuk tog'i,
Laperuz bo'g'izi.
An'anaviy nomlar, ya'ni o'zbek tilida qadimdan muayyan shaklda
yozilib kelinayotgan joy nomlarining talaffuzi ham, yozilishi ham bir xil.
Bunday nomlar o'zgartirilmay yozilaveradi. Ular o'zbek tilida o'nlab va
yuzlab yillar davomida bir xil yozilib kelmoqda. Qadimgi ilmiy, tarixiy va
sayohatnoma, badiiy asarlarda ko'p uchraydi. Bular asosan sharq
mamlakatlaridagi nomlardir; Bag'dod, Dehli, Iroq, Misr, Tehron, Hirot,
Eron, Qashg'ar, Hindiston, Marokash, Xitoy, Suriya, Damashq, Bombey,
Karochi va b. Rus tilida an'anaviy bo'lib qolgan ko'pchilik geografik nomlar
o'zbek tiliga o'tib, shundayligicha saqlanib qolgan. Bularga Avstriya (asli
Esterreyx), Albaniya (Shkiperiya), Angliya (Ingland), Bryussel (Bryuksel),
Buxarest (Bukaresht), Vashington (Uoshington), Oslo (Uslo), Rim (Roma),
Tibr (Tevere), Finlyandiya (Suomi), Fransiya (Frans), Shvesiya (Sverye),
Yaponiya (Nippon) va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
An'anaviy nomlar ham o'zgarishi mumkin. Eski an'anaviy nomlar
yangilari bilan almashinadi. Bunda hozirgi zamon nomlari bilan
almashinadi, hato bo'lsa tuzatiladi. Afriqo Afrika deb, Amriqo Amerika deb
tuzatildi. Bahri Muhit Kabiriy o'rniga Tinch okean, Bahri Muhit Atlosiy
o'rniga Atlantika okeani, Bahri Muhit Hindiy o'rniga Hind okeani, Bahri
Hazar o'rniga Kaspiy dengizi, Otalar dengizi o'rniga Egey dengizi
deyiladigan bo'ldi.
O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan keyin (1989 yil) tilimizni
chetdan, asosan rus tilidan kirib kelgan yot so'zlardan tozalash bahonasi
bilan yangi an'anaviy nomlarni yana eski nomlar bilan almashtirishga
25
urinishlar bo'ldi. Albatta bu to'g'ri emas. Xato bo'lsa tuzatish kerak, lekin
eskisiga noo'rin qaytish noto'g'ri.
O'rta Osiyo o'lkasidagi geografik nomlarni yozishda tog'larning
nomiga qo'shiladigan tog' atamasi tog', tov, too, dog' ko’rinishida yoziladi.
Bunday hollarda Qirg'iziston va Qozog'istonda tov, O’zbekistonda tog’,
Turkmanistonda dog’ shakllari qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |