Arpapoya. Toshkentdagi
ko’cha. Ilgari mavze nomi
bo’lgan Qadimgi Toshkentning
janubiy qasmida joylashgan
“
Arpapoya ” aropa - xandaq va “poy” -
oyoq, chekka so’zlardan hosil bo’lgan.
Qadimgi Toshkent atrofiga mudofaa
handagi qazilgan bo’lgan. Bu xandaq
chekkadagi, oyoqdagi xandaq bol’gan,
nomi shundan kelib chiqqan.
Old tomoni
Orqa tomoni
Toponimik kartochka namunasi
Kartochkalar tayyor bo'lganidan keyin geografik nomlarni alifbo
bo'yicha tartibga solib, lug'at tayyorlash mumkin. Yoki nomlarning turlariga
qarab (oronim, gidronim, etnonim, diniy nomlar va h.k.), guruhlarga ajratish
ham mumkin. Nomlarni hosil bo'lishiga qarab ham guruhlarga jamlasa
bo'ladi. Agar toponimik ma'lumotlar yuqorida bayon etilgan talablar hisobga
olinib, to'g'ri to'plangan bo'lsa katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. Mahalliy
geografik terminlar (atamalarni) o'rganishda ham har bir termin uchun
kartochka to'ldirib borish juda yaxshi natija beradi. Har bir joy
toponimiyasini (joy nomlarini) tadqiq qilishda mahalliy terminlar haqidagi
ma'lumotlar juda zarur. Chunki ko'p joy nomlari asosini terminlar tashkil
etadi.
II - BO’LIM. GEOGRAFIK TERMINSHUNOSLIK Geografik terminlar va ularning turlari Ba'zan atama bilan termin so'zlarini chalkashtirib yuborishadi. Aslida
atama narsa – hodisa, belgi va harakat kabilarning nomi, atovchi so'z, ya'ni
umumiy nomdir. Atama terminni ham, geografik nomni ham o'z ichiga
oladi. Masalan, momaqaldiroq, sharshara, girdob, chaqmoq, uchqun, olma,
hovuz, buloq, tutun, yaproq, Jumabozor, Yangiqo'rg'on va h.k. Geografiyada
atamalar ikki tur otlarga bo'linadi; termin va geografik nom.
Termin lotincha so'z bo'lib, fan, texnika, kasb - hunarning biror sohasiga, shu
jumladan geografiyaga ham xos bo'lgan muayyan bir tushunchaning aniq va
barqaror ifodasi bo'lgan so'z yoki so'zlar birikmasidan iboratdir. Termin–
turdosh ot, ism, nom - atoqli ot. Har ikkisi ham atama.
Geografik terminlarga quyidagi
talablar qo'yiladi;