36
4. Har bir xalqning lug'at boyligi boshqa xalqlardan kirib kelgan
terminlar
hisobiga boyib boradi. Shu jumladan, geografik terminar ham
kirib keladi. Masalan: sunami, garmsel, chashma, sohil, erg, hamada, siklon,
antisiklon va b. Chet ellar bilan, turli xalqlar bilan aloqalarning ko'payishi
turli atama, termin va tushunchalarning kirib kelishiga sharoit yaratadi.
Lekin bunda biz o'zimizda yo'q, tarjima qilib bo'lmaydigan terminlarni
olishimiz kerak. O'zimizda bo'la turib yoki tarjima qilsa bo'ladigan
terminlarni chetdan olmaslik zarur.
Ilm - fan, texnika, ishlab chiqarish o'sgan sari yangi atama va
terminlar ham paydo bo'lib va eskirganlari til muomalasidan chiqib keta
beradi.
Geografik terminlarni shartli ravishda
ilmiy
,
xalq (mahalliy)
,
baynalmilal, toponimik
va
tarjima
terminlarga bo'lish mumkin. Milliy
terminlar biror millatning adabiy tilida va ilmiy adabiyotlarida barqaror o'rin
olgan hamda mazkur millat vakillarining ko'pchiligi tushunadigan
terminlardir. Bularga tog', tekislik, dara, ko'l, soy, dara, vodiy, jar, cho'qqi,
g'or, sel, bulut, yomg'ir, qor, ko'chki, dovon va boshqalar misol bo'la oladi.
Mahalliy terminlar ma'lum hududda, biror shevada qo'llaniladigan terminlar
bo'lib, ularni boshqa shevasidagilar, boshqa hududdagilar tushunmasligi
mumkin. Masalan, Xorazm shevasidagi yop, arna, zayk, xariq, solma, yorma
terminlari, Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlari tog'li yerlarda gaza,
adoq, xovar kabi terminlar uchraydi. Baynalmilal terminlar boshqa xalqlar
tilidan kirgan bo'lib, ko'pchilik xalqlarda bir xil qo'llaniladi. Bunga fan nomi
geografiyani, lyoss, geyzer, karst, delta, artezian suv, siklon, antisiklon,
fyon, kondensatsiya yadrosi, kristall va boshqalar misol bo'ladi. Tarjima
terminlarga suv sarfi, daryo boshi, quyar joyi, qirg'oq bo'yi, suvayirg'ich,
havza kabi terminlarni misol keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: