Mustaqil ta’lim topshirq javoblari
1-Mavzu: faoliyatni boshqarishda hisob turlarining o’rni va ahamyati
Topshiriq:1- Izohlar.
1.Kuzatish-Buxgalteriya hisobi xo’jalig mablag’lari va ularni tashkil topsh manbalari
Xarakatini ko’rsatishdir.Bu xo’jalik jarayoni operatsiyalari ustidan uzluksiz kuzatishdir.
2.Buxgalteriya-Buxgalteriya xisobini tashkil etadigan va yuritadigan hisob aparatidir.
Buxgalteriya korxonaning mustaqil tarkibiy bolina boshqa bo’limlar (xizmatlar) tarkibiga
Kirmaydi.
3.Statistika-Hisob turi bo’lib, ommaviy-ijtimoiy hodisalarni organadi va nazorat qiladi.
4.Operativ-Hisob turidan biri bo’lib ommaviy ham miqdor ham sifat jihatdan solishtirish
bilan birgalikda korxona va uning bo’limlari faoliyatini boshqarishda foydalaniladi.
5.Natural o’lcho’v – Natural o’lchovlardan yuritiladigan hisob miqdori yoki natural hisob
deb ham ataladi.
Topshiriq:2- Savollarga javob
1.Buxgalteriya hisobi - bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo„jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.
3.Ikkiyoqlama yozuv - xo„jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida registrasiya qilish. Bu usul shundan iboratki, har bir xo„jalik muomalasi ikkita schyotga yoziladi - bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning kreditiga. Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obyektlarida o„zgarishlarni vujudga keltiradigan xo„jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyati bilan bog„liq. Ikkiyoqlama yozuv birinchi marta italiyalik matematik Luko Pacholi tomonidan 1494-yili Venetsiyada chop etilgan ilmiy ishida mantiqiy asoslangan. L.Pacholi ikkiyoqlama yozuv otasi hisoblanadi. Asrlar davomida xo„jalik faoliyatida “Ikkiyoqlama Italiya buxgalteriyasi” degan tushuncha qo„llanib keldi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi ko„p asrli sinovdan o„tib, mana 500 yildan ortiq vaqt ichida amalda qo„llanib kelmoqda
4.Buxgalter - buxgalteriya hisobi bo„yicha mutaxassis. “Buxgalter” termini XIII asrda paydo bo„lgan. Bu lavozimni birinchi bo„lib, Insburk schyotlar palatasining ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan. Bu borada imperator Maksimilianning 1498-yil 13-fevralda chiqargan buyrug„i Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. Nafaqat Germaniyada, balki Amir Temur davrida ham hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar - yozuvchilar (kotiblar) bo„lgan. “Saltanatning har bir idorasida, - deb yozadi Amir Temur XIII asrning oxirida, - bo„ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlari yozib borish uchun bir kotib tayinlansin”. 1498- yildan boshlab “buxgalter”, “buxgalteriya” degan terminlar eski nomlarini asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732-yildan qo„llan
Kommerts - Kollegiyaning buyrug„i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter etib gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo„lgan xizmatchi hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va bosh buxgalter bo„lishi mumkin. Katta buxgalter - buxgalteriyaning bo„limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani boshqaradi. Hozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va boshqaruv tahlillarini, shuningdek boshqa sohalarni chuqur bilish hamda rahbariyat to„g„ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi. O„zbekistonda hozirgi zamon talablariga to„liq javob beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda, buxgalterlar oliy o„quv yurtlarida, ko„plab tashkil etilgan kollej va akademik litseylarda tayyorlanmoqd
5.Buxgalteriya hisobi metodining elementlari - bu buxgalteriya hisobining ayrim usullariga aytiladi. Ular quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventirizatsiya qilish, baholash va kalkulyatsiya qilish, schyotlar tizimi va ikki yoqlamali yozuv usuli, buxgalteriya balansi va hisobot.
№ Mol-mulk nomi
Summa,
ming so„m
1 2 3
1 Sex binosi 182000 Aktiv
2 Valyuta schyotidagi pul mablag„lari 89000 Aktiv
3 Kesish taxtasi 5600 Aktiv
4 Boshqa asbob-uskunalar 30000 Aktiv
5 Kompyuter 300 Aktiv
6 Hisobdor shaxslar qarzlari 285 Passiv
7 Solidol 899 Aktiv
8 Qisqa muddatli moliyaviy qo„yilma 42000 Passiv
9 O„zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar 6200 Aktiv
10 Omborlar 23000 Aktiv
11 Komissiyaga berilgan tovarlar 84500 Aktiv
12 Tayyor mahsulotlar 110000 Aktiv
13 Berilgan avanslar 4000 Passiv
14 Patentlar 6290 Passiv
15 Tara 521
16 Kelgusi davr sarflari 4500 Passiv
17 Hisob-kitob schyotidagi mablag„lar 1250 Aktiv
18 Kanselyariya shkaflari 4800
19 Qirindilari 820
20 Xaridorlar qarzlari 9305 Passiv
21 Daraxtni qayta ishlovchi stanoklar 227000 Aktiv
22 Boshqa jihozlar 8600 Aktiv
23 Tugallanmagan ishlab chiqarish 81000 Aktiv
24 Faks uskunasi 260 Aktiv
25 Kassadagi pul mablag„lari 6400 Aktiv
26 Kesuvchi stanok 260 Aktiv
27 Ehtiyot qismlar 5200 Aktiv
28 Turli mashina-jihozlari 146310 Aktiv
29 Ishlov berish tugallanmagan mahsulotlar 96000 Aktiv
2- Mavzu: Buxgalteriya hisobining predmeti.
Topshiriq-1
.Buxgalteriya hisobining predmeti: Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muasassalardan
Yuritiladi va ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan hojalik faoliyatini kuzatish
va boshqarish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xamma soxalarini
ya’ni ishlab chiqarish va no ishlab chiqarish soxalarini xam oz ichiga oladi.
Buxgalteriya hisobining obyektlari: Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar,xususiy kapital, zaxiralar
Daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xojalik operatsiyalari
Buxgalteriya hisobining obyektidir.
Xojalik mablag’lari: mablag„larning hajmida, tarkibida, joylashish va foydalanishida, shuningdek, bu mablag„lar manbaining tarkibi va tayinlanishida o„zgarishlarini hosil qiladigan alohida xo„jalik harakati. Xo„jalik muomalalari va ular tufayli hisob obyektlarida bo„ladigan o„zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilinadi. Xo„jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida qayd qilish yo„li bilan uning predmeti aks ettiriladi.
Moliyaviy natija - korxona, tashkilot, birlashma, aksionerlik jamiyati va hokazolarning ma’lum hisobot davrida, uning tadbirkorlik jarayonida qilgan xarajatlari va tushimi o„rtasidagi farqdir.
Aktivlar - subyektga tegishli bo„lgan barcha moddiy boyliklarning, tarkibi va joylashuvi nuqtai nazaridan olganda, pul tarzida aks etuvchi buxgalteriya balansining bir qismi.
Majburiyat - bu fuqarolik huquqiy munosabatlari bo„lib, uning vositasida bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs foydasiga (kreditor) muayyan xatti harakatlar qilishi, aytaylik: mulkni o„tkazish, ishni bajarish, xizmat ko„rsatish, pul to„lashi va xonoz yoki muayyan xatti-harakatdan o„zini tiyishi kerak, kreditor esa qarzdordan o„z vazifasini bajarishni talab qilish huquqiga ega
Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo„lgan mahsulotlarni vujudga keltirish jarayoni. Bu jarayonida ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari birlashadi. Ishlab chiqarish, iste’mol kabi uzluksiz davom etadi, ya’ni takror ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarishning besh usuli ma’lum: ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatalari, olingan mahsulotlar va ularning iste’moli aks ettiriladi. Ishlab chiqarish vositalari - mehnat vositalari va mehnat buyumlari majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari - korxonadagi barcha materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va boshqa schyotlarda hisobga olinadi.