Yuz va’dani birig‘a qachon aylading vafo, Sindurmak oxir ahd ila paymon qachong‘acha? Vayron ko‘ngulning bo‘lsa binolari maylimu, Qilmak bu ko‘zning yoshini to‘fon qachong‘acha? Bulbul fig‘on-u qumri chekib oh-u nolalar, Gullar chamanda choki girebon qachong‘acha? Vaslingg‘a ham yetarmudi, ey Laylivash, kishi, Majnun kezarda dashtda hijron qachong‘acha? KokiUaringni shonalar aylab Muqimiyni Qilmak bu sheva birla parishon qachong‘acha? 9
JAMOLI N G N I KO‘RUB... Toqat o‘ldi toq, ey mahvash, jamolingni ko‘rub, Volai shaydoi o‘ldim xatt-u holingni ko‘rub. Loladek nozik badanlar kokil afshonlar chekib, Dog‘i ko‘nglimda o‘shal ranj-u malolingni ko‘rub. 0 ‘zga bog‘larga bino qo‘ymay, nigoro, qil xirom, Shoxi sinsun sarvni га ’ по niholingni ko‘rub. Xomush o‘lturmay gapur, jonoki, bo‘lsun gung-u lol To‘tiyi shirin takallum qiyl-u qolingni ko‘rub. Oy malohatda yetolmay yuz xijolatlar bilan, ^ Boidi kam-kam kimki bu husni kamolingm ко rub. N e ajabkim yuz o‘gursa men kabi zuhd ahli ham, То abad mehrobdan abru hilolingni ко rub. N azm ko‘zgusig‘a sayqal berdi vasfmg-la, Muqim, Tobsa shoyad xotiri taskin misolingni ко rub. ю
YOLG‘UZ Banogah uchradi ot o‘ynatib bir diirabo yolg‘uz, Rikobig‘a surib ko‘z, qo‘l ochib qildim duo yolg‘uz.