Oqibat, ey bemuruwat, dilni afgor aylading, Yaxshi ish qilsang edi, shul ishni bekor aylading. Men kabi jonso‘zdin yakbora yuzni o‘gurib, Bora-bora, sad darig‘o, mayli ag‘yor aylading. N e uchun rashk o‘tlarig‘a sham’dek yoqilmayin, Oshnolardin kechib, begonani уог aylading. Bog‘ aro yolg‘iz jigar xun, men emas, guUami ham Lola ko‘ksin dog‘ qat-qat diyda xunbor aylading. Umr o‘tar, jono, bukun mahshami ham andisha qil, N e gunoh qildimki, oxir javr bisyor aylading. Yo‘qki g‘amxo‘re desa bechorai sho‘rlik Muqim, Yordin ajrab zahr-u zaqqum birla iflor aylading. 13
EY YORI JO N IM Oshiq bo‘lubman, ey yori jonim, Vaslingni izlab yo‘qdur majolim. Bir yo‘qlamaysan kuygan qulingni, Ko‘zlari jallod, nozik niholim. Rahm ayla manga, ey bag‘ri qattiq, Diydam to‘la qon, ey sho‘xi zolim. Labtashnalarga ayla nazzora, Qaddi chu shamshod, qoshi hilolim. Olding ko‘ngulni bir-ikki so‘zlab, Devona bo‘ldim, to‘ti maqolim. Наг dam kuyarman yodimg‘a tushsang, Bir ko‘rmaguncha yo‘qdur majolim. N echa zamondur, ko‘zdin nihondur, Oshiq Muqimiy, ey xasta jolim. 14
AQL-U HUSH Aql-u hush uchdi boshimdin ey pari, devonaman, Bir iloje qil, el ichra bo‘lmayin afsona man. Dard-u so‘z-u ashk-u ohimni qiyos et sham’din, Shomdin to subhidam hajringda o‘rtab yonaman. U1 zamonekim, yiroq vaslingdin o‘ldim, to bu dam Наг