Qo‘shimcha adabiyotlar:
96
1.
Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. - T “O‘zbekiston”.1981.
2.
Apresyan G.R. Oratorskoe iskusstvo.- M 1978
3.
Husain Voiz Koshifiy. Axloqi muhsiniy. T.: O‘zbekiston fanlar akademiyasi.
Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashriyoti, 2010.
4.
Aristotel Ritorika. - M 1998
5.
Abdiev M. Til boyligi el boyligi. “Muloqot” № 5 2001 B31-32
6.
Aserenseva S. Oratori Gretsii. – M. «Xud. lit» 1985.
7.
Golub I.B. Kniga o xoroshey rechi - M 1997.
8.
Ivanova S.F. Uchitsa ubejdat. Beseda ob oratorskom iskusstve – M.1989.
9.
Qur’oni Karim - T. “Cho‘lpon” 1992
10.
Bobomurod A. - Islom odobi va madaniyati. - T.”Cho‘lpon” 1995
11.
Bezmenova N.A. Ocherki po teorii i istorii ritoriki.- M. Nauka 1991
12.
Mixnevich A.E. O krasnorechi v shutku i vseryoz. – M. Znanie. 1989
13.
Fitrat A. Adabiyot qoidalari. - T “O‘qituvchi”. 1995.
14.
O‘zbekiston Milliy Endiklopediyasi. T. 6. 2003
7 - mavzu. Ritorikaning axloqiy tamoyillari
Reja
1.
Chiroyli so‘zlashning axloqiy funksiyalari.
2.
Nutq odobi.
3.
Muomalada oddiylik.
4.
Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
Muomala axloq ko‘rki sanaladi. Har bir insonning qanday dunyoqarashga
egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan muomalasidan ma’lum bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, muomala insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi
hisoblanadi. Bir-birimizga bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning zamirida
ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi.
Nutq odobi – insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. o’rta
Osiyoda axloqiy tarbiya o’z an`analariga egadir. Axloq haqidagi ibratli, dastlabki
fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa
97
yozma yodgorliklarda bizgacha etib kelgan. Nutq shaxsiy hodisa, Nutqni har bir
shaxs o’zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shaxs tomonidan bajariladi.
Insonning muomalasiga qarab, axloqiga ham baxo beriladi. So‘z orqali
insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining
odobi, kelib chiqishi, naslu - nasabi, ota - onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi
namoyon bo‘ladi. Til -inson tafakkurining maxsuli. U inson madaniyati, fikriy
go‘zalligini, yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi
vositadir. Uning insonga ta’siri ham shunga yarasha. Xar bir so‘zni o‘z vaqtida
so‘zlash, so‘zlashdan oldin puxta o‘ylab ko‘rish kerak. Shuning uchun ham o‘tmishda
yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondoshishni
ta’kidlaganlar.
Husayn Voiz Koshifiy so‘z qadri, kamgaplik to‘g‘risida ibratli fikrlarni bayon
etgan: «Har zabon tig‘i haq g‘uzorlikda noqildur ango tez-tez tig‘ zaboni birla sazo
bermak kerak» yoki «Haq vaqtiki so‘zlar aytursizlar yaxshi so‘zdin bo‘lakni
aytmangizlar va ko‘p so‘zlamak ko‘ngilni qaro qilur, xor aylar» yoki «Mumkin ersa,
yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin ho‘b yo‘qtur yodgor», «Nasihatni shirin so‘zu
muloyimlik birla ibtido qilgay, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushho‘ylik
ko‘rguzmayin nasihat korga kelmas»,-deydi va inson har doim yaxshi so‘zni
so‘zlashi lozimligini uqtiradi. Koshifiy bunday kishilarni hech bir so‘zida qadr-
qimmati yo‘q, og‘zidan nima chiqayotganini bilmaydigan kishilardir, deb baxolaydi.
Husayn Voiz Koshifiy ham chiroyli so‘z xaqida shunday deydi – “Agar bu
so‘zlarning ma’nosi nimadir, deb so‘rasalar, degilki, odam o‘zidan ustun kishiga
yetganda, odob saqlab sukut qilsin va undan o‘rgansin. O‘zidan tubanroqqa
yetganda, haq so‘zlarni aytib, uning ko‘nglini ilitsin va haqqa hidoyat etsin, hulqu
karam bilan foyda yetkazsin. O‘ziga barobar odamga yetganda esa, shafqat va
marhamat yo‘lini tutsin.”
1
Ular e’tiborsiz, so‘z so‘zlovchilardir. Bu kishilar jununga, Sherga ittifoqchi
sanaladi.
1
Husayn Voiz Koshifiy.
Axloqi Muxsiniy. Т. Mexnat. 1991. B.51
98
Ko‘p gapirmaslik, so‘zni mensimaslik, qolaversa, faqat yaxshi gapni aytib
yodgorlik qoldirish kerakligini ko‘p bor ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: |