Toshkent – 019 ritorika muallif


Donolar chiroyli so‘z va nutq haqida



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
Ritorika

Donolar chiroyli so‘z va nutq haqida: 
So‘zni chertib so‘zlasang, har kim siylar.
Abay. 
Har tilni biluv bani odama jondir, Til vositai robitai olamiyondir.
Avaz O‘tar. 
Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lur,
Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lur.
Andalib. 
Aqli kalta kishining odatda tili juda uzun bo‘ladi.
Aristofan.
Aniq-ravshanlik — nutqning bosh fazilatidir. 
Aristotel.
So‘zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta’sir etish o‘z-o‘zidan kelib qoladi. 
I. V. Gyote. 
...Kishi nimaniki his etsa va tushunsa, albatta uni ifodalab beradi. O‘zlari 
yaxshi tushunmaydigan narsa to‘g‘risida gapiradigan kishilardagina so‘z kamlik 
qilib qoladi. Kishi tafakkurga ega bo‘lsa, aniq-ravshan ayta oladi, tafakkurga egalik 
qilgan vaqtida yanada ravshanroq ifodalab bera oladi. 
V. G. Belinskiy.
Yaxshi yozish –bu shu bilan bir vaqtda yaxshi fikrlash hamdir, yaxshi his-
tuyg‘u va yaxshi bayon qilish – bu aql-idrok, qalb va didga ega bo‘lishdir. 
J. 
Byuffon. 
Gapirish zarurlig‘i, hech narsa aytolmaslik natijasida mushkul ahvolga tushib 
qolish va donolik ko‘rsatish istagi – hatto eng ulug‘ kishini ham kulgili holga 
tushirib qo‘yadigan uch narsa mana shudir. 
F. Volter. 
Durga to‘lar so‘zla mano dengizi, So‘zdir inson taqqan zirak-yulduzi. Eski 
charxning sadaf, billuri aro, So‘zdir unga loyiq gavhar bebaho. Abdurahmon Jomiy. 
Doimo bilgan narsangni aytib yurma, ammo nima demoqchi bo‘lganingni hamisha 
bilib yur. 
Klavdiy. 
Yo‘sinsiz ravishda xotiriga kelgan har bir so‘zdan jumlalar to‘qimoq fazilat 
sanalmaydir, – so‘ z – qolip, fikr uning ichiga quyilgan g‘isht bo‘lsin, ko‘pchilik 
xumdonidan pishib chiqqach, yangi hayot ayvoniga asos bo‘lib yotsin... 
A. Qodiriy. 
Ko‘p gapiruvchi kishi ko‘p muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Lao-Szi. 
Katta aqlning farqiy belgisi – oz so‘z bilan ko‘p narsani aytishdir, kaltafahm, 
aksincha, ko‘p gapirish va hech narsa aytolmaslik qobiliyatiga ega. 
F. Laroshfuko. 


103 
Ma’rakada ma’nosi yo‘q bad gapdan –
Bir shivillab esadigan yel yaxshi.
So‘zlaganda so‘z ma’nosin bilmagan,
Insonlardan so‘zlayolmas lolu yaxshi.
Maxtumquli.
Agar so‘zlasang betinim zo‘r berib,
Qolursan birov so‘zidan benasib.
Durust-nodurust so‘zga sabr aylagan,
Erur yaxshi hozirjavob laqmadan.
Mag‘zini avval chaqib, so‘ngra gapir, 
Ey azizim, yo‘qsa tut og‘zingda sir!
Rost aytib bandga tushmoq yaxshidir,
Ushbu yolg‘ondanki banddan qutqazur. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin