Oldiga kelganin yomok xayvonning ishi,
Og‘ziga kelganni demak nodonilig ishi
A.Navoiy
Islomiy manbalarda ham iymon qalbdadir deb bejizga ta’kidlanmagan. Biroq,
uni so‘z bilan ifoda qilmasa, foydasi yo‘q. Namoz ham amaldir, u ham muqaddas
so‘zlardan tashkil topgan. Inson «so‘zning ahamiyati yo‘q» deyishi bilan o‘z-
o‘zingni inkor etadi. Chunki shu fikrni ham so‘z bilan ifoda qilayotganligini bilmay
qoladi. Islom dini insonlarni shirinso‘z bo‘lishga chaqirishi bejiz emas. Zero,
Qur’onda «Bandalarimga aytgin, ular eng go‘zal bo‘lgan narsani aytsinlar. Albatta,
shayton oralarini buzib turadi» (Isro surasi,53 oyat) . Alloh mana shu oyatda
musulmonlarni o‘zaro suhbatlarida, gap-so‘zlarida shirinso‘z bo‘lishga buyuradi.
Agar ular buyruqqa itoat etmay, yomon so‘zlarni ixtiyor qilsalar, albatta shayton
oralarini buzadi va natijada yomonlik va dushmanlik sodir bo‘ladi. Qur’onning
Baqara surasi, 83-oyatida esa Alloh aytadiki, “Va odamlarga yaxshi gaplar ayting”.
1
So‘z inson tanasiga turlicha ta’sir etadi. Inson xar doim navqiron, bardam
bo‘lishi uchun boshqa insonlarni ranjitmasliklari, dilini vayron qilmasliklari hamda
o‘zlari ham xushtabiat bo‘lishlari lozim.
Uquv va bilimning tarjimoni ham tildir. Kishiga rushnolik, yaxshilik va ezgulik
til tufayli keladi. Agar tilga e’tibor bermasa, uni noo‘rin ko‘llansa, insonning boshiga
kulfatlar keltiradi.
Til arslon misoli yotar qafasda,
Bexabar boshini u er nafasda
Tilidan tutilgan ne deyar, eshit,
Amal qil bu so‘zga, o‘zingga esh et.
Bolo keltiradi boshga bu til
So‘zingni tiyib yur, boshing yorilmasi
1
Qur’oni Karim. T.: Cho‘lpon nashriyoti. 1992. B.168.
99
Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin.
Yusuf Hos Xojib
Shirinso‘zlik ko‘pgina muvoffaqiyatlarning omilidir, u taraqqiy etgan jamiyat
tashkil etishning asoslaridan biridir. Shuning uchun ham bu narsaga barcha buyuk
donishmandlar katta ahamiyat berib kelganlar. Ular doimo boshqalarga yaxshi
so‘zlarni aytish, muloyim gaplarni tanlashga undaganlar. Yaxshi, muloyim gapni
ishlatish insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga
sazovor qiladi.
Donolar aytibdurlar: "Ey farzand
.So‘z turt nav bo‘ladi: birinchisi- bilishga
aytishga hojati yo‘q so‘zlar; ikkinchisi
-
bilishga va aytishga zarur bo‘lgan so‘zlar;
uchinchisi - bilishga zaruri yuq ammo aytsa bo‘ladigan so‘zlar; to‘rtinchisi
-
bilsa
bo‘ladigan, ammo aytishga hojati yo‘q so‘zlar.
Ammo aytiladigan va bilinadigan so‘z shunday bo‘ladiki, dunyoning yaxshiligi
shu so‘zga bog‘liq bo‘ladi. Bunday so‘z dunyo uchun foydalidir. Bunday so‘zni
aytuvchiga ham, eshituvchiga ham ko‘p manfaati bor.
Bilish mumkim
–
u, gapirish mumkin bo‘lmaydigan so‘zlar shunday bo‘ladiki,
bir dust kishining aybi senga ma’lum bo‘ladi. Aql tomonidan o‘ylagan vaqtida uni
aytish bexayodikdir. Shu aybni aytsang, do‘stingni jaxli chiqadi, u sendan xafa bo‘ladi
yoki o‘z boshiga katta g‘avg‘o ortirib alasan, shuning uchun bu so‘zni bilish kerak,
ammo aytmaslik lozim....
Ey farzand, hamma vaqt to‘g‘ri so‘z gapir.shoshilishdan qochgil. xar bir
so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylasmasdan so‘zlama xar bir so‘zni o‘ylab gapir, to
aytgan so‘zingdan po‘shaymon bo‘lmagaysan. Sovuq, so‘z so‘zlama. Sovuq so‘z bir
ypyg‘, undan dushmanlik hosil bo‘ladi
1
Alisher Navoiy ham so‘zning xashamdorligidan ko‘ra, haqqoniyligini
ulug‘laydi. Shirin so‘zli, el uchun foydasi tegadigan notiqlarga yon bosadi. Ularning
xizmatini masjid imomlarining qilayotgan ishlaridan yuqori ko‘yadi. Shu tufayli ular
uchun imomlarga nisbatan ancha ko‘p mablag‘ ajratishni tavsiya etadi:
"Voizga yillik
naqdi besh yuz oltun, bug‘doy un yuq. Imomg‘a masjidi jome’da xatib bo‘lib,
1
Kaykovus. Qobusnoma. Т.:Istiqlol 994. B 39-41
100
maktabdag‘i tutgay, yillik nafi ikki yuz oltun, bug‘doy un yuq."
1
Demak, shirin so‘zli bo‘lish tarbiyalanganlik belgisidir. Kuch bilan erisha olmagan
narsaga so‘z bilan erishish mumkin.
«Muomala» so‘zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam» ekanligini
e’tirof etgan adabiyotshunos olim N.Bekmirzaev muomala va shirinso‘zlikning
inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati, qimmatiga doir ma’lumotlarni keltiradi. Ayniqsa
sansirab murojaat qilish odobsizlik ekanligi, do‘q-po‘pisa betayinlik va beburdlik
nishonasi ekani haqida ta’kidlab, «Har bir odam o‘zining shaklu-shamoyil
go‘zalligiga vaqt va pul sarflash hisobiga erishadi. Agar odamlardagi shakl
go‘zhalligiga ma’naviy –axloqiy go‘zallik, muomala madaniyati ham qo‘shilsa
bormi, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Bundaylarni komillikka intilish yo‘lidan borib,
odamlarga shirin so‘zlari bilan ruhiy madad beradiganlar safiga kiritish lozim»
2
-
deydi.
Darhaqiqat, chiroyli muomalaning qudrati inson bilimi bilan ham belgilanadi.
Zero, oqilonalik so‘z, nutq bevosita tafakkur mahsuli, tafakkur esa bilimsiz vujudga
kelmaydi. Shu bois, bilimsizlik o‘zaro muloqotda, insonlararo munosabatda pand
berib qo‘yishi, aksincha, oqil kishining tili so‘zda erkli, mushohadali bo‘lib,
ko‘plarga naf keltirganligi haqida pandnomalarda bitilgan.
Bugungi kunda insonlararo muloqotda, odamlar orasida andishasiz so‘zlar,
behayo gaplar, tuturuqsiz fikrlar, mantiqsiz mulohazalar va shallaqilik ko‘payib
borayotganligi achinarli xoldir. Ayniqsa, bozorlarda, jamoat transportlarida, ko‘cha-
kuyda bunday illatlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Eng achinarlisi shundaki, yomon
so‘zlar bilan murojaat qilish, so‘kinib gapirish ziyo maskanlari hisoblanmish ta’lim
muassasalarida, madaniyat o‘chog‘i bo‘lmish san’at saroylariga ham kirib
borayotganligini kishini ajablantiradi. Ayrim qizlarimiz va o‘g‘il bolalarimizning
bir-biriga aytayotgan gapini, muomalasini ko‘rib xijolatli xolatga tushasan. Xattoki
global tarmoqlarda ham yozma nutqlardagi savodsizlikdan tashqari behayo,
xaqoratli so‘zlarni bemalol ishlatayotgan insonlar ko‘payib borayotganligi achinarli
1
Alisher Navoiy. Asarlar. Т13. B.178
2
Bekmirzaev N. Notiqlik san’ati asoslari. Т. Universitet. 2005. B.14
101
xol xisoblanadi.
Bejizga «Inson gapiruvchi hayvondir». Uning xususiyati hayvonlikdan va
gapirishdan iborat»-deb ta’kidlagan edi mavlono Jaloliddin Rumiy. Hayvonlik unda
doimiydir, ayrilmasdir. So‘z ham shundoq. Inson ko‘rinishidan hech narsa demasa
ham, ichida hamisha gapiradi. Bu xol go‘yo loy qorishgan suv toshqiniga o‘xshaydi.
Toshqinning toza suvi insonning so‘zi (nutqi) balchig‘i esa hayvonligidir. Biroq,
balchiq unda o‘tkinchi bo‘lib, vaqt kelib ulardan asar ham qolmaydi. Yaxshi yoki
yomon bo‘lishiga qaramay, so‘zlar, hikoyalar va bilimlar qoladi. Odamlarning
yomonliklariga sabr qilmoq go‘yo o‘z nopokligini ularga surtib tozalangan kabidir.
Sening fe’li huying tahammul bilan yaxshilanadi. Ularniki esa zulm va yomon
muomala sababli buziladi. Buni eslab olding va endi o‘zingni pokla»-deydilar
1
Darhaqqat, so‘z inson qalbini ilitadi va shu bilan birga so‘z inson qalbini
jarohatlaydi ham. Shu bois xalqimizda «Tig‘ yarasi ketar, so‘z yarasi ketmas»,
degan maqol bekorga aytilgan emas. Chunki so‘zning qudrati benihoya katta. Husn
jamoli yo‘q odam shirin so‘z bo‘lsa, go‘zal va shirin so‘zi bilan barchani qo‘lga
oladi aksincha tili yomon odam xalq ko‘nglini jarohatlaydi.
Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
Notiq birinchi navbatda o‘zini shaxs
sifatida shakillantirishga xarakat qilishi kerak. Insoniy fazilatlar unda mujassam
bo‘lishi lozim. Notiq kamtar, shirin so‘z, odamjonli, sermulohazali, bamani va
diyonatli inson bo‘lishi kerak. Bunday axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan insonlarni
fikrlarini to‘g‘riligiga hech kim shubha kilmaydi.
Shirinsuxan, axloqli insonlarni alohida, maxsus joylarda etishtirilmaydi. Ular ham
bizning jamiyatimizda kamol topib boradilar.
Notiqlik san’atida adolat va haqiqat masalalari
haqida juda ko‘p fikrlarni
berish mumkin. Bugungi kunda TV, radio, internet orqali xar - hil ma’lumotlar berib
kelinmoqda. Lekin bu ma’lumotlarni barchasini ham to‘g‘ri deb bulmaydi. Ya’ni
siyosiy informatsion kurash ketmoqda. Bu ma’lumotlarni tug‘ri yoki noto‘g‘ri
ekanligi o‘z ishining yetuk mutaxasnslari o‘z nutqlari bilan joylarda, yoki o‘sha TV,
1
Mavlono Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Т.Yozuvchi. 1997. B.67
102
radio orqali jamoaga etkazishlari lozimdir.
Dostları ilə paylaş: |