Osiyo
va
Attika
usuliga bo‘linadi.
28
(Yunoniston janubi sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol
Attika deb ataladi.) Osiyo usuli Rimda eramizgacha 1- asrning 50 yillariga qadar
xukmronlik qilib kelgan. Bu usulning namoyondalari o‘z chiqishlarini yorqin hamda
extirosga to‘la teatr tomoshasiga aylantirar edilar, ularning yordamida o‘z g‘oyalarini
ommaga unumli tarzda etkazganlar. Bu usulning notiqlaridan ko‘proq tanilgan
Mark
Tulliy Sitserondir.
(eramizdan avvalgi 106 - 43) U Rimdan uzoq bo‘lmagan Arpina
qishlog‘ida tug‘ildi. Uning ota - onasi shahar fuqorosining badavlat suvoriylar
tonfasiga mansub kishilar edi. Ular o‘z bolalariga yaxshi bilim berish maqsadida
Rimga ko‘chib kelishadi. Dastlabki taxsilini Yunon murabbiylari qo‘lida olgan
Sitseron ilk bolaligidayoq Yunon tilini to‘la-to‘kis o‘rgandi. Yirik huquqshunos
Kvint Mutsiy Sevola va mashxur notiq Lutsiy Litsiniy Krokdan ta’lim oladi. Notiqlik
asoslarini Appoloniy Moloidan, aktyorlik maxoratini Aksiydan, Yunon falsafasini
Filon Loriskiydan o‘rganadi. Sitseron Afinaga borib, yirik notiqlardan bu san’at
sirlarini mukammal o‘zlashtiradi. Bilimini chuqurlashtiradi. Sitseron
"Brut", "Notiq"
nomli asarlarida Rim Ritorika tarixi xaqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning
nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqdi. Uning
ta’kidlashicha xar qanday notiqning ko‘zda to‘tgan asosiy maqsadi tinglovchining
zavqini uyg‘otib, ularini o‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitiga qarab
mavjud usullarning hammasidan barobar foydalana olishi zarur. Sitseron fikricha,
“
kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada,
ulug‘ hodisalar haqida esa zavq - shavq, bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining
chinakam ustasi bo‘ladi”
1
deydi.
Sitseron bo‘lajak notiqning nimalarga e’tibor berishini quyidagi fikrlarda
alohida ta’kidlaydi:
1.
Notiq o‘z nutqini mavzusini chuqur bilishi va o‘ziga ishonchi mustaxkam bo‘lishi
ustivor masaladir.
2.
Nutq jarayonidagi fikr - mulohazalar tinglovchiga o‘rinsiz savol tug‘dirmaydigan
xolda dalillangan bo‘lishi lozim.
3.
Nutqqa tayyorgarlikning boshi etarli material to‘plashdir.
1
Марк Туллий Цицерон. Три трактата об ораторском искусстве. М. «Наука», 1972. С.134
29
4.
Nutqda fikr o‘rinli joylashishi, kompozitsiyaga e’tibor muhim rol o‘ynaydi.
Uning fikricha, nutq matni talabga javob berarli darajada mantiqli tayyorlanishi lozim.
Shunda kutilgan natijaga erishish mumkin. Nutq kompozitsiyasi qurilishida quyidagilar
alohida o‘rin tutadi.
1.
Kirish
2.
Mavzu mohiyatini to‘la qonli ifodalay bilish.
3.
Rejani keyingi qismlarini ifodalash.
4.
Dalillarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish.
5.
Matnning asosiy qismini, mazmunini ocha bilish.
6.
Xulosa.
1
Tinglovchilarni toliqtirib ko‘ymaslik uchun nutq davomida ko‘tarniki usulni bir parda
pasaytirib, nutq mavzuiga aloqador shaxslar bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy
xarakteristikasini berish, ilgari o‘tgan mashxur zotlar haqidagi biron latifani eslatib
ketish, lozim bo‘lganda ba’zi bir xayotiy manzarani, dramatik voqealarni eslash,
o‘rniga qarab biroz xikmatli so‘z, maqol Yoki qochiriq gapni qistirib o‘tish -
Sitseronning eng sevgan usullaridan edi. Sitseron o‘zining salkam 40 yil davom
etgan ijtimoiy va adabiy faoliyati mobaynida turli-tuman mavzularga bag‘ishlab
behad ko‘p asarlar yozgan. Ma’lumotlarga qaraganda qadimgi zamonda Sitseronning
150 ga yaqin nutqi nashr etilgan bo‘lsa, bizga qadar shulardan 58 tasi etib kelgan.
Bulardan tashqari falsafa mavzularda yozilgan 12 ta asar, notiqlik nazariyasi va
tarixiga doir 7 ta risola va 800 ga yaqin maktublari saqlanib qolgan.
Attika usuli respublika tizimining qulashi hamda jamiyatda demokratik chiqish
erkinligi udumlarining yo’qolishi davrida ustunlikka ega bo‘lgan usulga aylandi.
Attika usuli bir maromlilik va asoslarning qiyin masalalariga sodda yo‘l bilan
yondashuvi, notiqning xatti - harakati va imo- ishorasi, ifodali o‘qishi bilan farqlanadi.
Notiq o‘z nuqtai nazarini auditoriyaga hech qanday etibor bermagan xolda, bepisandlik,
xotirjamlik va vazminlik bilan ifodalar edi. Attika usuli uning ashaddiy muxlisi
bo‘lgan, imperiyani o‘z qo’liga olgan Yuliy Sezar tufayli rusm bo‘ldi. Antik davrni
1
Марк Туллий Цицерон. Три трактата об ораторском искусстве. М. «Наука», 1972. С.27
30
oxiriga kelib, Ritorika soxasidagi nazariy izlanishlar to‘xtadi. Jamoatda chiqishlar
soxasining o‘zi esa cherkov tomonidan qo’lga olindi. Notiqlarning nutqi va’zlarga,
erkin munozaralar esa diniy maruzalarning muxokamasi shaklini oldi. O‘rta asrlarga
tashakkur aytishning yagona sababi shu ediki, Sxolastlar uyg‘onish davri va undan
keyingi davr uchun qadimgi dunyo bilimlarini saqlab qoldilar.
Uyg‘onish va yangi davr ritorikaga qiziqishning o‘sishi bilan xarakterlanadi.
Biroq bunda yozma ifoda ustunlik qiladi: satira, pamfletlar, mushoxada va x.k. U
davrda yangi talimot va konsepsiya darajasida shug‘ullanadiganlar yo‘q xisob edi.
Yevropaning katta qismidagi cherkov va soslovniy xukumatning zanjirlari qulashi
bilan inqilob jarayonlarining ta’siri ostida jamiyatdagi chiqishlar siyosiy faoliyatning
cheksiz atributiga aylandi. Ritorika esa yevropaliklar xayotiga mustaxkam ravshda
kirib boradi. XIX asrining o‘rtalariga kelib miting va yig‘ilishlar u bilan birgalikda so‘z
ustaligi xatto teatr va adabiyot qatori dunyo madaniyatining bir qismini tashkil qila
boshladi.
Ritorika va ritorikasining texnikasi esa yirik universitetlarning o‘quv
qo‘llanmasiga kiritiladi.
Afsuski, Qadimgi Rim qulash kunidan keyingi asrlardagi so‘z ustaligi borasida
fan tomonidan to‘plangan katta amaliy tajribaga qaramasdan, Ritorikava ritorika
ta’limoti bo‘yicha sezilarli darajada ishlar qilinmagan va ta’lim berish soxasida ham
uslubiy ishlar yaratilmagan.
Ritorikava ritorikaning nazariy shakllanishining shundayligicha chala ishlanishiga
qaramay, oxirgi 200 yillik – shiddatli taraqqiyot davridir. XIX asrning Attika usuli sof
xolda faqatgina britaniya Ritorika maktablarida saqlanib qolgan xolos, uning yorqin
nomoyondasi konservativ partiyaning rahnamosi Dizraeli edi. Yevropaning quruq
qismida Fransuz inqilobi davridan beri osiyo usuli ustunlik qiladi. Bu usulning ko‘zga
ko‘ringan notiqlaridan bo‘lgan fransuz sotsialistlari doxiysi Jan Jores edi.
Qadimgi davrlardagi o‘zgarishlarga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga uchragan
yagona milliy maktab, Shimoliy Amerika maktabi bo‘ldi. Qishloq sherifidan tortib,
to mamlakat prezidentigacha – xukumat tarmoqlarining barcha organlar saylov
tizimi va kompaniyalar saylovoldi jarayonlarining o‘tkirligi, AQSH axolisida
31
saylovlarda ishtirok etayotgan xar bir nomzodning notiqlik darajasiga nisbatan yuqori
talabchanlikni shakillantirdi. Amerikalik notiqlarga axolining turli qatlamlari - etnik
(anglo - sakslar, irlandlar, yaxudiylar, italiyaliklar va x.k.) va ijtimoiy (bir tomoidan
saylovchilarning asosiy kismini - ya’ni boy bo‘lmagan insonlarni o‘z tomoniga
og‘dirishga, ikkinchi tomoidan - saylovoldi kompaniyalar uchun pul topish faqat
tadbirkorlarni o‘z ko‘llanmasi bilan qiziqtirish orqali) oraliqda o‘zlarini chiqishlarini
qabul qilish jarayonida o‘zaro farqni hisobga olishlariga to‘g‘ri kelardi. Zexn - idrok
yashash darajasi, milliy va diniy mansublikdan qat’iy nazar saylovchilar
kategoriyalarining barchasini yoqlashga bo‘lgan ehtiyoj, Amerikalik notiqlarda
yangi sintetik chiqish uslubini vujudga keltirdi. Unda osiyo usulining jo‘shqinligi va
attitsizmning axborotga boyligi birlashadi. Bunga protestant vaz’xonlarining
qo‘llaniladigan usuli qushiladi.
XIX asrda Fransiya, Italiya, Olmoniya va Avstraliyada burjua demokratik
revolyusiyasining g‘alabayondan keyin Ritorika yuksak darajada rivojlandi. Shuning
uchun bu davr notiqlik san’atining gullash davri ham deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |