Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Ritorika

4-to‘siq.
Ma’lumotingizdagi muhim xolatlar noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. 
Shunday xolatlar bo‘ladiki, ma’lumotning ko‘pligidan tinglovchi ularni bir-biri bilan 
chalkashtirib yuboradi. Chunki, tinlovchiga ma’ruzachi to‘xtash, ma’lumotlarni 
taxlil qilish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun taqdim qilinayotgan ma’lumot 
tushunarli bo‘lishi uchun goxida mavzu doirasiga mos qiziqarli voqealar, latifalar, 
kayfiyatni ko‘taruvchi hodisalarni aytish, mavzudan chetlashib ketmagan xolda 
tinglovchilarni biroz chalg‘itish tavsiya etiladi. 
5-to‘siq
. Ma’lumotingizga tegishli muhim jihatlar esdan chiqib ketishi 
mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, axborotni odamlarning - 83% ko‘rish orqali, 11% 
eshitish orqali, 35% xidlash orqali, 15% paypaslash orqali, 1% tatib ko‘rish orqali 
yaxshi qabul qiladi. Shuningdek, agar tinglovchiga ma’lumotlar yozib olish yoki 
ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatlarisiz faqat og‘zaki taqdim qilinsa, uch kundan so‘ng 
tinglovchining esida taqdim etilgan ma’lumotning 10 foizigina saqlanib qolishi 
mumkin 
ekan. 
Bunga 
ma’lumotlardagi 
muhim 
jihatlarning 
o‘rinli 
joylashtirilmasligi, yo‘nalishni to‘g‘ri belgilanmasligi asosiy sabablardandir. Shu 
sabab taqdim etilayotgan ma’lumotlarning muhim jihatlarini yozib olish, taqdimotda 
ko‘rgazmali vositalar – slaydlar, prektorlar, plakatlar, kompyuter grafikasi, 
shuningdek tarqatma materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
6-to‘siq
. Axborotning subekti talqin etilishi. Mazkur to‘siq doim ham ko‘zga 
tashlanavermaydi, gohida ma’lumotni mensishmay tinglashadi. Yuqoridagi 
to‘siqlarni bartaraf etganingizda ham mazkur to‘siq o‘zini u yoki bu ko‘rinishda 
namoyish etadi. Masalan, tinglovchi ko‘zingizga tik qarab turadi, lekin e’tibori 
boshqa narsada. Yoki so‘zlaringizni miyig‘ida kulib turib tinglayveradi, doimo 
kallasini inkor ma’nosida qimirlatib turadi va hokazo. Bu toifa tinglovchilar aytilgan 
fikrni tinglash haqida emas, balki o‘ylangan fikrni aytish paytini poylaydilar. 
Bunday paytlarda ular taqdimotchiga qaltis savollar, qitmirona luqmalar, keskin 
e’tirozlar bilan murojaat qiladilar. 


110 
Ishbilarmonlik muloqotidan farqli o‘laroq, muloqotning taqdimot shaklida 
taqdimotchi auditoriya uchun ajratilgan vaqtning aksariyat qismida gapiradi, 
auditoriyani esa jim tinglay olishiga erishishi lozim. Bu taqdimotchidan yuksak 
muomala san’ati va etiket madaniyatini talab etadi.
Shu bois taqdimotchi amal qilishi lozim bo‘lgan ayrim xolatlarni 
e’tiboringizga tavsiya etamiz.
1.
Taqdimot marosimining mas’uliyatini xis etish
. Bunda siz avvalo, taqdimot 
o‘tkazish sizga nasib etganligini, bunday vazifa sizga bildirilgan yuksak 
ishonch ekanligini ichdan xis eting. Zero, o‘zining g‘oya va qarashlariga 
ishontirish iqtidori so‘z, ilm va muomalada “pishib yetilgan” insonlargagina 
nasib etadi. 
2.
Taqdim qiluvchi bilan auditoriya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik
. Bunda «Men 
sizlarsiz, sizlar esa mensiz biror natijaga erisha olmaymiz» tamoyili ustuvor 
ahamiyatga ega. Chunki auditoriya ma’ruzachi yoki taqdim qiluvchidan o‘zi 
uchun zarur bo‘ladigan nimanidir kutadi. Anashu narsa yoki g‘oyani 
taqdimotchi ayta olishi mumkin. 
3.
Taqdimot matnini tayyorlash
. Aytmoqchi bo‘lgan fikrlaringizni dastlab 
qog‘ozga tushirishingiz, so‘ngra matndagi har bir jumla, har bir g‘oyani 
mukammal o‘zlashtirib olishingiz zarur. Bu borada qisqacha tarqatma material, 
ko‘rgazmali vositalar tayyorlash hamda turli rasmlar, su’ratlar va chizmalardan 
foydalanish, mavzuning asosiy g‘oyasini tashkil etadigan jihatlarga alohida 
urg‘u berish maqsadga muvofiq. 
4.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin