Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
Ritorika

Taqdimotga tayyorgarlik
. Har bir taqdimot yuksak saviyada o‘tishiga, 
kelajakda samarali hamkorlikni yqlga qo‘yilishini istsangiz katami kichikmi 
har bir taqdimotga jiddiy tayyorgarlik ko‘ring, fikru-hayolingiz taqdimot 
marosmini o‘tkazish haqida bo‘lsin. Do‘stingiz yoki yaqin hamkasabangizdan 
sizni tinglab ko‘rishini iltimos qiling, ma’ruzangizni diktafon yoki magnit 
lentasiga yozib olib so‘ngra uni bir necha bor eshiting, ortiqcha fikrlar bo‘lsa 
qisqartiring. 


111 
5.
Taqdimot marosimi vositalari
. Odatda taqdimot marosimlari uchun katta zal 
yoki kichik auditoriya tanlanadi. Zalda sahna, minbar va shu kabi jihozlarning 
bo‘lishi tabiiy. Siz iloji boricha minbardan kamroq foydalanishga harkat qiling.
Chunki minbar: 
A)
muloqot 
jarayonida 
sizni 
auditoriya 
bilan 
ajratib 
qo‘yadi; 
B) minbardan auditoriyani chalg‘ituvchi va keraksiz ma’lumotlar aytib yuboriladi; 
V) ko‘pchilik nazdida minbar juda baland joy hisoblanadi. 
Agar minbardan foydalanish talab etilsa, undan zinhor o‘zingizdan oldin 
chiqqan ma’ruzachilarni tanqid qilish uchun foydalanmang. Minbarga chiqingda, 
bir-ikki minutdan so‘ng uni tark eting: tanglovchilar bu xolatga albatta baho 
beradilar. 
Taqdimotchining sahnada harakatlanishi: birinchidan - o‘zining jonli muloqot 
jarayonida ekanligini eslatib turadi, ikkinchidan - kuchli hayajonlanishning oldini 
oladi, uchinchidan – tinglovchilarning diqqatini jalb etadi. 
1. Taqdimotda vaqt masalasi
. Hamma vaziyatda bo‘lgani kabi taqdimotga 
ham vaqt o‘z hukmini o‘tkazadi: har bir daqiqa hisobli. Dastlabki 90 soniyani 
tinglovchilarning ko‘ngliga yoqadigan gaplarni aytish bilan boshlang, g‘oyangizni 
ular bilan o‘rtoqlashayotganligingizdan va muloqot qilayotganligingizdan hursand 
ekanligingizni bildiring. Aks xolda barcha “mug‘ombirliklaringiz” befoyda.
Taqdimotda auditoriya bo‘ylab harakatlanish, tashqi ko‘rinish, imo-ishora 
o‘zining samarali natijasini beradi.
2. 
Taqdimotda hayajonning kuchi.
Bu ijobiy xolat, chunki hayajon 
mas’uliyatni oshiradi. Biroq, hayajonga qarshi kurashish mumkin emas, aksincha 
uni yo‘naltira bilish lozim. 
Hayajonni bosish uchun esa: 
• So‘zga chiqish oldidan 2-3 daqiqa tez-tez yuring, bu muskullarning 
zo‘riqishini oldini oladi; 
• So‘zga chiqish oldidan oyog‘ingizni chalishtirib o‘tirmang; 
• Qo‘llaringizni pastga tushirib, o‘zingizni erkin tuting; 
• Boshning kalla, jag‘, og‘iz qismini qattiq-qattiq harakatlantiring; 


112 
• Chuqur nafas olish va sehrli so‘zlarni aytish kabi hayot sinovlaridan o‘tgan 
vositalarni rad etmang. 
3.
Tinglovchilarni qiziqtirish.
Dastlab tinglovchilarning ayrim alohida urg‘u 
berib, iltifot ko‘rsatishingiz «Sizning ishtirok etishingiz, taqdimotning samarali 
o‘tishini ta’minlashidan umidvorman», “Siz qatnashsangiz o‘zimni doimo 
himoyachim bordek xis qilaman” va hokazo kabi munosabat tinglovchilarning 
sizga nisbatan munosabati va qiziqishini orttiradi. Agar notanish auditoriya bilan 
muloqot qilishingizga to‘g‘ri kelsa, avvalo auditoriyaning xolati, kontengenti, 
imkoniyatlarini obdon o‘rganing. Noqulay vaziyatdan chiqish maqsadida 
tinglovchilarning manfaatlariga mos keluvchi hazil-mutoyiba so‘zlardan 
foydalaning.
4. 
Omma – taqdimotchi uchun oyna vositasi.
Taqdimotingiz qanday 
chiqqanligini auditoriyada o‘tirgan yoki sizni eshitgan ommagina xolis baxolaydi. 
Agar taqdimot natijasi qay xolatda ketayotganligini bilishni istsangiz tanaffusni 
kutib turishning yoki ishtirokchilar bilan suhbatlashishning xojati yo‘q: siz 
tinglovchilarning ko‘zlariga qarang, vassalom. Agar yuz o‘qish san’atidan 
habardor bo‘lsangiz, ularning harakatlari, qiyofalaridan taqdimotni qanday 
o‘tkazganligingizni bilib olasiz. 
5. 
Taqdimotda savol-javob
. Taqdimotni yakunlar ekanmiz, uning natijasi bilan 
albatta qiziqib ko‘ramiz. Buni bevosita savol-javob jarayoni orqali bilib olish 
mumkin. Biroq, savolning bo‘lmasligini tadqiqotni ko‘ngildagidek chiqmaganligiga 
yo‘yish mumkin. Chunki savolning bo‘lmasligi: 
-Taqdimot hech kimga foyda bermaganligini; 
-Taqdimotdagi muammolar bir-biri bilan bog‘lanmaganligi va fikrlar cho‘zilib 
ketganligini; 
-Siz tinglovchilarning “og‘riq nuqtalari”ga tegib ketganligingizni va ular bu 
og‘riqni qaytalanmasligini xoxlaganlarini; 
-Sizni tushunmaganlarini; 
-Taqdimotingizning tizginini yo‘qotib qo‘yganligingizni bildiradi. 
Biroq, savollarning hammasi ham kishini quvontira olmaydi. Muallif savol va 


113 
javob variantlarni turlarga ajratar ekan, ularning hayotda uchrashi va aksincha 
mutlaqo uchramasligini tushuntirishga harakat qiladi. Shunga ko‘ra savol 
berilganda: 
- Savollarni yozib oling. Chunki yozishingiz bilan bir paytda javobni o‘ylab 
olish uchun imkoniyat yaratiladi. 
- Agar savolga javob berishga qiynalsangiz, tinglovchilarga bu savolga javob 
topib, ularga albatta yetkazishga va’da Bering. Buning uchun esa tinglovchilarga 
yana bir bor o‘zingizni tanishtirib, ish joyingiz manzilini berishni unutmang. 
Umuman olganda, taqdimot marosimi etiketiga doir yuqorida qayd etilgan fikr 
va tavsiyalarga rioya qilish taqdimot marosimining samarali yakunlanishiga olib 
keladi. 
Tashqi ko‘rinish – insonning kim va qanday ekanligi haqida dastlabki 
ma’lumotni beruvchi, uning turmush tarzi va hayotida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan faoliyati.
Insonning tashqi go‘zalligi nafaqat o‘ziga, balki boshqalarning faoliyatiga ham 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Zero, tashqi ko‘rinish : 
Odamning 
o‘tayotgan 
kunini 
sermazmun 
va 
xayrli 
etadi;
Insonning hayotdan bahramand bo‘lish onlarini shirin qiladi va unga zavq 
bag‘ishlaydi;
Odamni 
ochiq 
ko‘ngilli, 
sertakalluf 
va 
olijanob 
etadi;
Insonning hurmatini oshiradi va uning kelajagini belgilaydi.
Imij. Imijni sotib olib bo‘lmaydi. U yaratiladi. Avvaliga siz imidj ustida 
ishlasangiz, keyin u siz uchun xizmat qiladi. -deydi Jan Koto 
Imidjning vazifalari: Shaxsni yuksaltiruvchi vazifa.
Shaxs atrofida jozibadorlik fazilati shakllanishi tufayli u o‘zining eng yaxshi 
sifatlarini nomoyon etishda jamoaga ma’qul keladi, o‘zini erkin sezadi.
Shaxslararo munosabatlarni qulaylashtirish vazifasi. 
Bu vazifaning mohiyati shundan iboratki, kishilarning jozibadorligi ular 
uchun muloqotlarda yoqimtoylik va xayrixohlikni vujudga keltirsa bular o‘z 


114 
navbatida bag‘rikenglik va odobning ma’naviy me’yorini yaratib beradi. 
Ruhan davolash vazifasi
Shaxs o‘zining favqulodda o‘zligini anglaganligi tufayli barqaror ko‘tarinki 
kayfiyatda yuradi va o‘ziga ishonch xosil qiladi. 
Isonning eng yaxshi sifatlarini yoritib beradi. 
Munosib imij inson uchun u bilan muomalaga kirishadigan kishilarga uning 
eng yaxshi fazilatlarini ko‘zga ko‘rinadigan qilib namoyish etishga, uni aynan 
yoqimtoy qiladigan yoki kishini o‘ziga tortadigan jihatlarini ko‘rib olishiga imkon 
yaratadi. 
Kishining shaxsiy salbiy xususiyatlarini pardalash. 
Pardoz-andoz, libos bezaklari, bichimi, soch turmagi va hokazolar vositasida 
insondagi mavjud nuqsonlardan kishilar e’tiborini chalg‘itish mumkin. 
E’tiborni o‘ziga tortish. 
Jozibador imij kishilar e’tiborini beixtiyor o‘ziga tortadi, boshqalarda yaxshi 
ta’ssurot qoldiradi, shu bois ular jozibador imidjga ega kishining gapirayotgan yoki 
ko‘rsatayotgan narsalariga ruhan osonroq ishonadilar. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin