Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
Ritorika

1-to‘siq.
Ma’lumotda xatoga yo‘l qo‘yishi. Oddiygina bo‘lib ko‘ringan xato 
ham aytayotgan fikringizning mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. 
Olaylik, mehnat bozori shakllanishining O‘zbekistonga xos xususiyatlariga doir 
ma’lumotni taqdim qilmoqdasiz. Ma’lumki, Andijon viloyati aholisining zichligi 
bo‘yicha vodiydigina emas, respublikada ham birinchi o‘rinda turadi. Biroq, 1 kv. 
km ga nechta odam to‘g‘ri kelishi haqida xato yo‘l qo‘yish, ularning raqamini xato 
ko‘rsatish taqdim etayotgan ma’lumotingizning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi. 
Natijada, fikringiz tinglovchilarda shubha uyg‘otishi mumkin. Bunday xolatlar 
tarixiy sanalar, raqamlar, terminlar bilan bog‘liq ma’lumotlarda ko‘proq uchraydi. 
2-to‘siq.
Ma’lumotingiz ikki ma’noni aks ettirishi mumkin. Ayrim so‘zlar 
ikki xil ma’noni anglatishini
bilamiz. So‘zlardan o‘rinli foydalanmaslik natijasida 
taqdim etilayotgan ma’lumotda jiddiy o‘zgarish yuzaga 
kelishi, ilgari surayotgan 
g‘oyangiz samarasiz yakunlashishi mumkin. Bunday so‘zlar, odatda gazeta, jurnal 
sarlavhalarida va su’ratga berilgan izohlarda uchrab turadi. 
3-to‘siq
. Ma’lumotingizdagi tayanch so‘zlar noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin. 
Ma’lumki, o‘quvchi kitob o‘qiyotib biror-bir ma’lumotga shubha bildirsa, avvalgi 
betlarni ochib ularni taqqoslash va fikrini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyatiga ega. 
O‘quvchidan farqli o‘laroq, tinglovchida bunday imkoniyat yo‘q: “Aytilgan so‘z – 
otilgan o‘q”. Berilgan ma’lumotni tezlik bilan taxlil qiluvchi, taqqoslovchi 
tinglovchilar kamchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ma’lumot yetkazilayotganda 
so‘zning mazmuniga, vaziyatning mohiyatiga, jarayonni talqin etishga jiddiy e’tibor 


109 
qaratish talab etiladi. Zero, noto‘g‘ri talqin qilish natijasida qilingan qatiy hukm 
kelajakda insonning taqdirini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin