138
GLOSSARIY
NOTIQLIK SAN’ATI.
tinglovchi e’tiborini tortish asnosida chiroyli
gapirish va mahliyo etish san’atidir. Amma nutqning faqat chiroyli bo‘lishi
notiq
uchun kifoya qilmaydi: bema’ni safsatalarni ham juda chiroyli qilib gapirish
mumkin.
Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik sanaladi. Notiqlik nutq vositasida
kishilarga muayyan g‘oya
va maqsadlarni etkazishni, ularni ma’lum maqsadlarga
yo‘naltirishni nazarda tutadi. Notiq nutqi 1-2 kishi uchun emas, keng auditoriyaga
qaratilgan bo‘ladi. Shu bilan
birga unda nutqning mazmuni, mantiiqiy asoslariga,
mundarijaviy tuzilishiga diqqat qilinadi. Notiqlikda notiq, oldindan qanday so‘zlash,
nimadan boshlab, nimadan tugatish rejalarini tuzib olishi rasm emas. U go‘yo
tayyorgarlik ko‘rilmagan nutqqa o‘xshaydi. Unda badihago‘ylik,
hozirjavoblik
ustunlik qiladi. Nutq madaniyati tugal fikr, go‘zal ifoda demakdir. Izchillik bilan bir-
biriga mantiiqan bog‘lanmagan tugal fikr va uning ta’sirli ifodasi bo‘lmasa, u kishi
qalbi, ongiga sig‘maydi, qabul qilinganda ham chuqur anglashilmaydi.
Dostları ilə paylaş: