71
aybini qidirishga ko‘proq e’tibor beradilar. Erix Fromm ta’limotida bunday
odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik borligini – «zulm qilyapmanmi demak
mavjudman» degan shior yashaydigan kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday
odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk ko‘rinishini,
mazlumni emas, o‘zini
butun bir tuban xususiyatlarini ko‘rsatayotganini va undagi o‘ta omilikni tashqariga
chiqarayotganini bilganida edi hech qachon bunday harakatlarni qilmagan bo‘lar
edi. Zigmund Freyd jamoada o‘zini bunday salbiy tutayotgan shaxs hatti-harakatlari
aslida hasadgo‘ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo‘layotgan jamoat ham aksariyat
holatda bunga to‘sqinlik qilmasa-da, ushbu shaxs to‘g‘risida xuddi shu xulosaga
kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Freyd jamoada inson o‘zini erkinroq tutadi va
badxulqlik bilan bo‘lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bo‘ladi, degan xulosaga
keladi. Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa jamoada ushbu ruhiy
holatni arxetiplar bilan bog‘lab, unga «trikster» degan nomni beradi. «Trikster u bu
odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban
ruh – obrazidir».Demak jamoatda boshqalar ta’siridan o‘z
salbiy illatlariga erk
berish havfi kuchliroq ekan, inson bunday paytda o‘zini yo‘qotmasligi, axloqiy
masalalarda mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini unutmasligi lozim ekan.
Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni
ko‘rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan,
uning
so‘zlarini tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki aniqliklar
kiritib turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo‘lsangiz, hikoyani o‘rtasiga kelganda
birdan gapni bo‘lishdan ko‘ra darhol
«Ha, aytib bergan edingiz» qabilida gapirib
qo‘ygan ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo‘lsa ham,
so‘zlayotgan odamni bo‘lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur
sho‘ng‘ib ketib, munozara qilinmaydi.
Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo‘llarni tanlash
qo‘l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita aholining
barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni hamrab oladi”. Zero, zamonaviy
ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‘lgan turli munosabatlarini nafaqat
yo‘lga qo‘yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol uchun, ruhiy tahlil
falsafasi
72
asoschisi Freyd ta’limotga ko‘ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod jamiyat
faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‘rnini bosadigan ijobiy hodisalarga
aylanish orqali, (sublimatsiya) ya’ni, tubanlikdan ulug‘vorlikka o‘tish natijasida
vujudga keladi. Ijodkor jamiyatdagi muammolarning echimini san’at asarlari orqali
obrazli tarzda jamiyatning o‘ziga taqdim etish bilan topishga intiladi. Ammo shunisi
muammoliki, barchaga ham iste’dod va daholik berilavermaydi. Shu jihatdan ham
ruhiy tahlil bu masalaning echimni ikki yo‘l bilan hal qilishni taqlif etdi. Ilmiy
tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy munosabatlarida
estetik faoliyatning muhim
ekanligini ta’kidlay boshladi. Zotan, san’at asarini idrok etish insonda ijodiylik va
hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi.
Muomalada hozirjavoblik juda katta o‘ringa ega. Aksariyat hollarda insonlar
davraga kirib kelgan kishini sergaqligi va hozirjavobligiga juda katta e’tibor
beradilar. Ayniqsa etiketda ko‘rishish va so‘rashish jarayoni o‘zaro ko‘zatuvchanlik
bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik” qilsa, odamlar
orasida buni bildirishning har qanday yo‘lidan foydalanishga intilishni ko‘rish
mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‘z vaqtida berilmagan “javob” yoki
“soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar oldida “qo‘lgi” bo‘lish
havfi bir tomondan jamiyat qo‘ygan etiket qoidalarini o‘z vaqtida amalga oshirishga
intiltirsa, ikkinchi tomondan o‘ng‘aysizlikni engish uchun hozirjavoblikni qo‘llash
orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Freyd «Hozirjavoblik va uning
onglanmaganlikka munosabati» asarida hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning
qabul qilinishdagi ruhiy holatlar talqinini berish bilan birga Freyd qo‘lgililikka ham
alohida to‘xtalib, uning boshqa turlarini, ular orasidagi o‘zaro farqlarni
tushuntirishga
harakat qiladi
1
. Davradagi odam boshqaga murojaat qilganda yoki
munosabatga kirishganda, beixtiyor suhbatdoshiga so‘zlayotgan so‘zlaridan birining
unli yoki undosh harflarini almashtirib yuborish orqali qo‘lgulilikni vujudga
keltiradi. Agar bu so‘z o‘yini atayin, ongli tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham
1
A.T.Kronman. The Lost Lawyer - Failing Ideals of the Legal Profession, Harvard Uni Press,
Cambridge,
Massachusetts, 1993.
73
so‘zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor kabi onglanmaganlikka keng yo‘l qo‘yib
beradi. Zero,bu jarayon san’atkorona mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli
va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni o‘zgartirish bilan juda chiroyli
tarzda o‘z maqsadi yo‘lida foydalanarkan, bir jihatdan so‘zlovchining ruhiyatidagi
ziddiyatlarni qo‘lgulilik orqali o‘zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan
qilib ko‘rsatish bilan tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida
amalga oshiradi. Ikkinchi jihatdan esa, dilini og‘ritmagan holda, ochiqdan-ochiq
kurashlarsiz, qo‘lgulilik orqali suhbatdoshini «silliqlik» bilan «haqiqatga» etkazib
qo‘yadi. Bunday jarayon muomala etiketida to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin
bo‘lgan qo‘pol munosabatlarni oldini oladi. Biroq, ortiqcha xajviya, hozirjavoblik
doimo to‘g‘ri kelavermasligini unutmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: