76
mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarni me’dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar
va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish
huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimliq bosiq ohang bilan va shu qatori
bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan berish mumkin.
Buyruq ohangidan faqat
bajarilishi shart va majbur bo‘lgan soxalarda Ya’ni harbiylar foydalanishi mumkin.
Muhokama - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni,
ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma
tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga
tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli xajmdagi diologlari, monologlari asosida
yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning
xar-hil usullaridan
foydalaniladi.
Murojaat qilish – insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya
ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har
– xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan,
qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro
munosabatdan kelib chiqqan xolda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar
nafaqat unga bo‘lgan hurmat balki, maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga
erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga,
sharoitga, jamoaga, muhitga qarab
yakka shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq, barcha murojaatlar axloq
me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga
tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu-birodar,
mansabdor
shaxs va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha
bo‘lishini anglatadi. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. Murojaat
qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi:
ular – rasmiy, ishonchli, intim va egasiz.
Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat
qilinadi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga,
ishlab chiqarish
korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi
ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat
77
ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi.
M: yakka shaxsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar
familiya
ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojat qilish maqsadga
muvofiq. O‘rtoq Abdullaev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar
qo‘llaydilar. elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan
“Janobi oliylari”
deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning
qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan
munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori
bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham,
notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: