Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh-urug‘, hamqishloq,
vatanishlarga qilinadigan munosablarga aytiladi. Bunday munosabatlarda «Sen»
deb faqat oilada yoki yaqin munosabatlarda murojaat qilish mumkin. «Amaki»,
«xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o‘rtasida
Shevadan kelib chiqqan xolda murojaat qilish mumkin. «Yaxshi yigit» yoki
«yaxshi qiz» degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor
darja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar,talabalar, yo‘lovchilar,
qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin
munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yuldo‘zim» kabi murojaatlarni
uchratamiz. egasiz murojaatlarz munosabatda –“Kechirasiz falonchi ko‘cha
qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz
kirsam”va boshqalar.
Intim murojaatlarda shaxsga nisbatan chiroyli, Yoqimli, erkalash
ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan xolda murojaat etiladi: “Azizim”,
“Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rinda va samarali foydalanish
zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi.
Biroq, ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi.
Ayniqsa, “jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z
faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimslarga nisbatan
ishlatilsa maqsadga muvofiq.
78
Nomsiz murojaatlarda shaxsni kim ekanligini yaqindan bilish katta
ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum
ob’ekt yoki sub’ektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi.
Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?”,
“Hurmatli yo‘lovchilar yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang”, “Doktor
bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i tushmayapti.” singari murojaatlarda shaxsning
aniq ismi ko‘rsatilmasada, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli
bo‘ladi.
Aslini olganda, O‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‘q. Ko‘p
holatlarda har bir joyning o‘zidan kelib chiqib,
Shevaga
hamda
urf-odatga
asoslangan xolda murojaat qilinadi.
Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish
uchun tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng
qo‘llaniladi. Ularning rahamlari hamda o‘lchamlari qat’iy qoida bilan
cheklanmagan. Inson o‘z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shaxsiy hamda
ish bilan bog‘liq aloqani qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi.
Bahs san’ati –“eristika” (yunoncha oristicos – bahclashuvchi) ilm sifatida
shakllanishini mutaxassislar odatda eramizdan avvalgi V asr yunon faylasuflari
nomi bilan bog‘laydilar. Jumladan, Abderlik Protagor “Bahs san’ati” kitobini
yozganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Ayni shu faylasuf ilk bor fikr, dunyoqarash,
mulohazalar rang-barangligining tabiiyligi va inkor etib bo‘lmas haqiqiy ekanligini
tushuntirgan va asoslab bergan. “Inson barcha narsalarning o‘lchovidir”, degan
fikrga tayanib, Protagor: “Har bir narsa haqida ikki, bir-biriga zid fikrni aytish
mumkin”,- degan xulosani chiqaradi va aslini olganda barcha narsalarning nisbiyligi
haqidagi ta’limotga asos solgan. Bahs san’ati masalalarini Aristotel, Platon va
boshqa antik davr mutafakkirlari ham o‘z asarlarida tilga olib o‘tishgan.
Qadimgi Xitoy faylasuflari, jumladan, Mo-szi va uning izdoshlari bahs
yuritishning bir necha usullarini farqlab berganlar. Qadim Hind olimlari esa mantiq
ilmi doirasida bahslashuvchining o‘zini qanday tutishi, qanday gapirishi, o‘z fikrini
asoslashi yoki raqibning fikr yuritishida mantiqsizlikni ilg‘ab, uni inkor etishi kabi
79
masalalar
xususida
jiddiy
tavsiyalar
ishlab
chiqqanlar.
Bizning ajdodlarimiz ham bahs yuritish san’ati masalalari bo‘yicha o‘z qimmatli
fikrlarini qoldirganlar. Garchi bizda bahs san’atiga bag‘ishlangan maxsus asarlar
yaratilmagan bo‘lsa-da, Beruniy, Forobiy, ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Abu
Abdulloh al-Xorazmiy, Zamahshariy, Kaykovus kabi allomalar hamda Voiz
Muhammad Rafi’, Voiz Qavziniy, Voiz Shirvoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi
voizlar o‘zlarining tilshunoslikka, mantiqshunoslikka, falsafaga, voizlik san’atiga,
she’r ilmiga bag‘ishlangan asarlarida bu mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirganlar.
Dostları ilə paylaş: |