84
6 - mavzu. Ritorikaning uslublari, so‘z va xarakat birligi.
Reja.
1. Notiqlik san’atida uslub va usul.
2. Nutqdagi xissky - tutyoniy xolatlar.
3. Nutqning psixologik madaniyati.
4. Notiqning ko‘rinishi, ko‘l harakati va yuzdagi mimika.
Ritorika– ijtimoiy xayotning barcha jabxalari uchun xizmat qiladi. Buni hech kim
inkor qila olmaydi. Nutq uslublari aloqaning maqsadga muvofiq so‘zlovchining so‘z
boyliklaridan tanlab foydalanishi tufayli nutqning tarixan shakllangan ko‘rinishidir. Til
boyliklarini tanlab ishlatishga qarab nutq ko‘rinishlari bir nescha turga ajratiladi. Ana
shu hilma-hilik nutq usullari (stillar) deb ataladi. Usullar – u shunday qurolki undan
to‘g‘ri foydalana olgan notiq juda katta muvoffaqiyatlarga erishadi. Nutq tarixiy
taraqqiyot protsessida, ong bilan birga, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog‘lash,
bir-birlariga biror narsani aytish ehtiyoji tug‘ilishi natijasida paydo bo‘lgan. Nutq –
tilning taraqqiyoti, tafakkur taraqqiysi bilan birga rivojlana boradi. O‘z nutqini to‘g‘ri
tashkil eta bilish notiqlik san’atini egallashning muhim shartlaridan biridir. Yaxshi
notiqning nutqi hamisha mazmunli, tushunarli, ifodali va ta’sirchan bo‘ladi. Nutqni
to‘g‘ri tashkil eta bilish Buyuk notiqlar tajribasini o‘rganishdan tashqari nutq
madaniyatini uqib olishni talab etadi. Nutq madaniyati quyidagi ko‘rinishlarga ega:
1. Nutqning til madaniyati;
2. Nutqning psixologik madaniyati;
3. Nutqning aloqa madaniyati (kommunikatsiyasi)
Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash insonning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr
olishuvga xizmat qiladi. Notiq nutqining ta’sirchanligida intonatsiyanint ahamiyati
katta. Notiq tinglovchilarga tabiat va turmushdagi biror hodisaga, narsaga qiziqish
paydo qilish, nutq qaratilgan predmetning xususiyatlarini ularga to‘laligicha etkaza
bilish uchun nutqga talaffuzga alohida e’tibor berish lozim.
Intonatsiya stilistik ahamiyatta ham egadir. Jumladan, intonatsiya odatdagi va
notiqlik intonatsiyasiga bo‘linadi. Odatdagi intonatsiya umumiy xarakterga ega
bo‘lib, kishilarning bir - birlari bilan nutqiy aloqalarida, bir - birlarini anglab
85
etishlarnda ko‘llanilsa, notiqlik intonatsiyasi notiq nutqining tinglovchilar ongiga
ta’sir etishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Nutqning til madaniyati lug‘at madaniyatini egallashni talab etadi. Bunda notiqning
individual lug‘ati faol ravishda kengayib borishi, nutq so‘zlarining to‘g‘ri va ko‘chma
ma’nolari ahamiyatining ortib borishi ko‘zda tutiladi. Sinonimlar, omonimlar va
antonimlardan to‘g‘ri foydalanish, terminlar va ularni to‘g‘ri tadbiq eta bilish, chet el
so‘zlari va qisqartirilgan, murakkab so‘zlarni bilish hamda ularni o‘z o‘rnida ishlatish
lug‘at madaniyatini egallashning muxim shartidir. Tilda bo‘lgan hamma so‘zlarning
jami lug‘at sostavi deb ataladi. Qaysi tilning lug‘at sostavi benihoya boy va hilma - hil
bo‘lsa, bu til rivojlangan til bo‘ladi. Xar bir notiq foydalanayotgan va foydalanishi
mumkin bo‘lgak lug‘at sostavi qanchalik boy va tarakkiy qilgan bo‘lsa, uning
individual lug‘ati va nutqi ham shunchalik boy va taraqqiy qilgan bo‘ladi.
Og‘zaki nutqning stilistik madaniyati tinglovchilarga ta’sir etishning ma’lum
vositasidir. Odatdagi nutqlar :
- So‘zlashuv uslubi
- Ilmiy uslub
- Badiy uslub
- Rasmiy uslub
- Publistik uslub
orqali auditoriyaga yetkaziladi.
So‘zlashuv uslubi. Bu usul leksikasi, fonemasi, morfologiyasi va sintaksisi bilan
xalqning oddiy so‘zlashuv tilini o‘zida aks ettiradi. So‘zlashuv uslubi uchun oddiylik,
soddalik, betakalluflik, hayajonlilik hosdir. So‘zlashuvda odatda kundalik muomalada,
muloqotda ko‘p ishtirok etadigan, o‘zaro turmush ikir - chiqirlari haqidagi
munosabatlarni ta’minlaydigan, kundalik aloqa - aralashuv uchun xizmat qiladigan til
birliklari ko‘p uchraydi : xol - axvol so‘rashlarda, o‘zaro samimiy aloqalarda, uy -
ro‘zg‘or, qo‘ni - qo‘shnichilik, qarindosh - urug‘chilik aloqalarida, kundalik
suhbatlarda uchraydigan birliklardan ko‘p foydalaniladi: mayli, mayliga, xo‘p, kirib
turnig, chikib to‘ring, so‘rab qo‘ying, salomat bo‘ling, xudoga shukur, qoyil,
boravering, yashavoring, omon bo‘ling, barakalla, o‘rgilay, aylanay, ishqilib,
86
bo‘ptida, keling, ishlab turibmiz, salom ayting, zang‘ar, qurg‘ur, qotirib tashladik,
qo‘yavering kabilar ko‘p uchraydi.
So‘zlashuv uslubidagi og‘zaki nutqda ba’zan yozma nutqka,
Shevaga,
vulgarizm va boshqalarga hos va so‘z Shakllarining ta’siri bo‘ladi. Bu xususiyat ancha
yashovchandir. Xar bir Sheva vakili jonli so‘zlashuvda o‘z
Shevasida
gapirishga odatlanib qolgan bo‘ladi.
Boshqa tillarga oid, kundalik turmush bilan bog‘liq bo‘lgan lug‘asiy birliklar
so‘zlashuvda ko‘p uchraydi. Va aksariyat xollarda u orqali ikkinchi tilga o‘zlashadi
M: ostanovka, tolka, privet, daje, ladno, dom .kabilar.
So‘zlashuv nutqida samimiylik, xalqchillik, soddalik, erkinlik ancha kuchli
bo‘ladi. Ana shunga ko‘ra so‘zlar adabiy til me’yorlaridan farqlangan xolda qo‘llanadi:
olib kel - obke, ko‘yib yubor - ko‘yvor. Nutq jarayonida so‘zlarni, gaplarini,
qisqartirgan xolda ko‘llash ham xarakterli bo‘ladi. Dilfo‘za - Dilfo‘z, Xa!, yuq!,
Albatta! Vaziyat suhbatdosh uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu xolatda
suhbatdoshlarning imo - ishoralari, harakatlari, ovozning kuchayishi va pasayishi,
to‘xtatish, sukutlar, kisqasi xar bir xolat muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |