Xronologik yozuv – bu iqtisodiy jihatdan har xil bo’lgan muomalalarni ketma-ket (navbat bilan) aks ettirishdir. Uning maqsadi - mazkur xo’jalikning barcha muomalalarini (yoki uning ma’lum guruhini) ro’yxatga olish (registratsiya qilish)dir. Shuning uchun, keyinchalik buxgalteriya yozuvlarini ro’yxatga olish (registratsiya) daftarlari ro’yxatga olish (registratsiya) jurnallari deb nomlanadigan bo’lgan.
Xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini olish uchun muomalalarni iqtisodiy jihatdan bir xil bo’lgan belgilar bo’yicha guruhlash zarur. Bunday guruhlash buxgalteriya hisobida schyotlar yordamida amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining schyotlaridagi yozuvlar muayyan tizim bo’yicha qilinadi (bunda ko’pincha har bir summa bo’yicha korrespondentsiyalanuvchi schyot ko’rsatilgan bo’ladi), shuning uchun muomalalarning schyotlarda aks ettirilishi tizimli (sistematik) yozuv deb ataladi.
Xronologik va tizimli yozuvlar alohida-alohida yoki birgalikda yuritilishi mumkin. Birinchi xolda ma’lumotlar oldin xronologik navbat bilan ro’yxatga olish jurnalida, so’ngra tizimli tartibda schyotlarda keltiriladi. Ikkinchi xolda xronologik va tizimli yozuvlar bir vaqtning o’zida bitta umumiy registrda qilinadi.
Keyingi paytda, buxgalteriya hisobining qisqartirish va soddalashtirish harakatlari munosabatlari bilan, xronologik va tizimli yozuvlarni birgalikda olib borish keng miqyosda amalga oshiriladigan bo’ldi. Bunday yozuvlar bir turdagi muomalalar guruhi bo’yicha, masalan, tayyorlov va ishlab chiqarish muomalalari bo’yicha, mahsulot sotish muomalalari bo’yicha va
boshqa ancha maydaroq bo’lgan guruhlar bo’yicha qo’llaniladi. Bunda hisobni yuritishda zamonaviy texnikadan foydalanish korxonadagi barcha muomalalarni to’la aks ettirishga kafolat beradi.
Buxgalteriya hisobining schyotlari yordamida xo’jalik mablag’lari va xo’jalik jarayonlari to’g’risida ma’lumotlar olinadi. Korxona mablag’larining har xil turlari va ularning manbalari yoki u yoki bu xo’jalik jarayonlar haqidagi tushunchalarni umumlashtirilgan ma’lumotlar beradi. Masalan, korxonaga kelib tushgan materiallar qiymatining summasi yoki hamma sotilgan mahsulot uchun tushumning miqdori va hokazo.
Lekin korxonani boshqarishda faqat umumiy ko’rsatkichlar bilan kifoyalanib bo’lmaydi. Moddiy-javobgar shaxslar (omborchilar, menejerlar va boshqalar)ning hatti - harakatlari ustidan nazorat qilish uchun, korxonaning zarur bo’lgan mablag’lar bilan ta’minlanganligini kuzatish, debitor va kreditorlar bilan hisob - kitoblarni tashkil qilish va hokazolar uchun, hisob ob’ektining har birining holati va harakatini tavsiflovchi mukammal ma’lumotlar kerak bo’ladi. Shu bilan birga moddiy boyliklar yoki hisob - kitoblar to’g’risidagi ma’lumotlar faqat pul ifodasida emas, balki natura va mehnat ko’rsatkichlarida ham ifodalangan bo’lishi kerak. Masalan, materiallar hisobi ombordagi materiallar, kelib tushgan, chiqib ketgan materiallarning umumiy summasi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birgalikda shu materiallarning ayrim turlari, sortlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ham ta’minlashi kerak.
Ishchi va xizmatchilar bilan hisob - kitob, ular bilan hisob -kitobning umumiy holati va o’zgarishlari to’g’risidagi umumiy ma’lumotlardan tashqari, har bir ishchi va xizmatchi bilan ish haqiga doir hisob - kitob bo’yicha alohida batafsil ma’lumotlar kerak. Shuning uchun batafsillik darajasiga qarab har xil ma’lumotlarni olish uchun buxgalteriya hisobida ikki turdagi schyotlar, ya’ni sintetik va tahliliy schyotlardan foydalaniladi.
Sintetik schyotlar xo’jalik mablag’lari va muomalalari haqida umumlashtirilgan ko’rsatkichlarni beradi. Ular faqat pul o’lchagichlarida yuritiladi. Tahliliy schyotlar buxgalteriya hisobi ob’ektlariga batafsil tavsif berish uchun xizmat qiladi. Tahliliy schyotlar yordamida sintetik schyotlardagi ma’lumotlar batafsillashtiriladi va nazorat qilinadi.
Moddiy boyliklarni va ish haqi bo’yicha ishchi va xizmatchilar bilan hisob - kitoblarni hisobga olinadigan tahliliy schyotlar faqat pul emas, balki natura va mehnat ko’rsatkichlariga ham ega bo’ladi.
Xo’jalik mablag’lari va jarayonlarni (sintetik schyotlarda) umumlashtirilgan ko’rsatkichlarda aks ettirish sintetik hisob deb ataladi, ularni (analitik schyotlarda) batafsil ko’rsatkichlarda aks ettirish – tahliliy schet deb ataladi. Sintetik va tahliliy schyotlar xususiyatlari materiallar hisobida ko’rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, «Xom ashyo va materiallar» schyoti quyidagi ma’lumotlarga ega:
«Xom ashyo va materiallar» schyoti
D-t K-t
Saldo 8000
1) 9500
|
2) 4500
3) 5500
|
Aylanma 9500
|
Aylanma 10000
|
Saldo 7500
Bu schyotda materiallarning mavjudligi, kelib tushishi va sarflanishi haqida umumlashtirilgan ko’rsatkichlar mavjud. Lekin korxonada qanday materiallar turlari mavjud va ularning har bir turi alohida qanday o’zgarganligi haqida ma’lumotlarni u bermaydi. Unda, shuningdek natura ko’rsatkichlari ham yo’q. Bunday schyot sintetik hisoblanadi. Batafsil ma’lumotlarni olish uchun tahliliy schyotlar kerak.
Misolni soddalashtirish uchun korxona faqat ikki xil (A va B) materialga ega deb faraz qilamiz. «Xom ashyo va materiallar» sintetik schyotida yakuniy summalar bilan keltirilgan materiallarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar tahliliy schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
A materiallari
Dostları ilə paylaş: |