Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə9/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Statistika hisobi ommaviy (ijtimoiy) xo’jalik hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ishlash tizimidan iborat. Xo’jalik hisobining bu turi butun xalq xo’jaligi va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o’rganishga yo’naltmrilgan. Undan u korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo’jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblab chmqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha ish haki, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi va o’sishi va hakozo ko’rsatkichlar kiradi.
Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar, va umuman respublmka xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlari bo’yicha umumlashtiriladi.
Statistika hisobi statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi. Mustaqil ijtimoiy fan sifatida statistika faqat xo’jalik hodisalarinigin o’z ichiga olmay, jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholining soni, tarkibi va harakati (o’zgarishi), xalq hayotining moddiy va madaniy darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi ko’rsatkichlar olinadi.
Xo’jalik hodisalari haqidagi ma’lumotlar statistika hisobi tomonidan tezkor va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari - qayta ro’yxatga olish va tekshirishlar yordamida olmnadi. Uzluksiz kuzatib bo’lmaydigan ommaviy xodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi.
Tarmoqlar, xalq xo’jaligi miqyosidagi xo’jalik hodisalarini tavsiflovchi ma’lumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari – Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va tahlil qilish olingan ko’rsatkichlarni ular tomonidan yig’ish (svodka) va guruhlash, o’rtacha sonlar usuli, nisbiy jamlar, indekslar, dinamik qatorlar va shu kabi maxsus usulllardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
Statistika hisobining ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o’lchagichlar - natura, mehnat va pul o’lchagichlaridan, o’rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo’yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin