III – BOB “Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni”
3.1. BALANS TO’G’RISIDA TUSHUNCHA
Parijda Luvr muzeyida bir erkak kishiga haykal o’rnatilgan. Uning yagona ikk qalamdan iborat bo’lib bittasi qulog’iga qistirilgan, ikkinchisi qo’lida. Bu eramizdan 1000 yil oldin katta mulkdor qo’lida mirza (kotib) lvozimida ishlagan kishiga qo’yilgan haykal edi. Uning asosiy vazifasi xo’jayini tomonidan bozorga qancha mol olib borib sotgani, ya’ni qancha g’alla, em, xashak va boshqa narsalarni sotgani yoki sotib olgani to’g’risidagi ma’lumotlarni yozib borib vaqti vaqti bilan xo’jayinning qanday va qancha mablag’lari, boshqlardan oladigan va ularga beradigan mol-mulki qanchaligi to’g’risida natura ko’rsatkichida axborot berib turar edi. Bu o’sha vaqtning o’ziga xos balansini anglatar edi. Savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida pul o’lchovi vujudga kelishi va pul birligining standartlashishi natijasida mirza (kotib) o’z xo’jayiniga tegishli bo’lgan turli mablag’lari, uning olishga tegishli va boshqalarga berishga tegishli qarzlarini qancha ekanligini va ma’lum bir davr oxiriga qancha mablag’ga ega ekanligini pulda ifodalash imkoniyatiga ega bo’lgan.
Demak, buxgalteriya balansi sub’ektning resurslari (aktivlari), resurslarga bo’lgan da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (o’z) mablag’lari to’g’risidagi iqtisodiy axborot bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ektlarini boshqarish uchun eng avvalo ulardagi mablag’lar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga ega va bu mablag’lar qanday manbaalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan holda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish, iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbaalarini ajratib ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 7 fevralda 30-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |