Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik operatsiyalarida qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e’tibor beramiz: ular yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki holati katta o’zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy summasi o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.
Birinchi muomala. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 so’mga kamayadi va 40 (100-60) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo’lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 60 so’mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktividir. Mazkur hodisadan mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tishigina sodir bo’ladi. Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
Birinchi muomaladan keyin balans quyidagi kurinishga ega bo’ladi: