To’rtinchi muomala. Bunga o’xshagan muomalalr amaliyotda ko’p uchraydi. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo’yicha qarzni uzish uchun 20000 so’m o’tkazilgan.
Bu muomala hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o’zida korxonaning kreditlar bo’yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «hisob-kitob schyoti» aktiv moddasi bo’yicha summasi 29900 (49900 – 20000) so’mgacha kamayadi va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo’yicha 0 (20000 – 20000) gacha kamayadi, ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.
To’rtinchi muomala balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamayishiga olib keladi. Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o’rtasidagi tenglik bu muomaladan keyin ham saqlanib qoladi.
To’rtinchi muomaladan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
BALANS
(to’rtinchi muomaladan keyin)
Aktiv
|
Passiv
|
Mablag’lar turi va ularning joylanishi
|
Summa
|
Mablag’lar manbai va ular qanday maqsadga atalganligi
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
350000
|
Ustav fondi
|
400000
|
Xom ashyo va materiallar
|
125000
|
Zahira fondi
|
10000
|
Kassa
|
40
|
Foyda
|
20000
|
Hisob-kitob schyoti
|
29900
|
Bank kreditlari
|
-
|
Debitorlar
|
60
|
Mol etkazib beruvchi
|
75000
|
JAMI
|
505000
|
JAMI
|
505000
|
Bunga o’xshagan muomalalar xo’jalik faoliyatida ko’plab uchraydi.
Keltirilgan to’rtta muomalalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi (balans o’zgarishlarining tiplari).
Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi muomalalar) ko’rsatilgan edi. Bunda balansda uning aktivi va passivini o’zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo’lib o’tgan edi. Bu balans o’zgarishlarining birinchi va ikkinchi tiplaridir. Boshqa operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala ta’sir qilinadigan moddalar ularning yoki ko’payishi (uchinchi muomala) yoki kamayishini (to’rtinchi muomala) yuzaga keltiradi.
Balans yakunlari tegishli tartibda ko’payadi yoki kamayadi. Bu balans o’zgarishlarining uchinchi va to’rtinchi turlaridir.
Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar tiplarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
Aktiv
|
Passiv
|
Ko’payish
|
Kamayish
|
Ko’payish
|
Kamayish
|
t 2 t
3 t
4 t
Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya’ni har qanday muomala uning albatta ikki moddasiga ta’sir etishini va hech qachon aktiv bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olish uchun zarurdir. Muomalalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlash hech qanday aloqasi yo’q.
3.4. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARI VA CHET EL MAMLAKATLARI BALANSLARI O’RTASIDAGI FARQLAR
O’zbekiston Respublikasi bilan chet el mamlakatlari balanslari bir birovlaridan farq qiladi. Garchi umumiy tashqi ko’rinishidagi o’xshashlik (ularning ikki tomonlamaligi, qismlarining bir xil nomlanishi va hokazo) bo’lgan bo’lsa ham, bu farqlar dastlab oldingi tuzumni ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlari bilan shartlangandir. Ularning o’rtasidagi bu farqlarni yaxshi tushunib olish uchun AQShning yirik kompaniyalaridan birining balansini keltirib, uni yuqorida keltirilgan balans bilan solishtirib, ularning xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |