Mablag’lar manbai va ularqandaymaqsadga atalganligi
Summa
Asosiy vositalar
350000
Ustav fondi
400000
Xom ashyo va materiallar
100000
Foyda
30000
Kassa
40
Bank kreditlari
20000
Hisob-kitob schyoti
49900
Mol etkazib beruvchi
50000
Debitorlar (60)
60
-
-
JAMI
500000
JAMI
500000
Ikkinchi muomala. Shunga o’xshagan faqat balansning aktiviga ta’sir qiladigan muomalalar amalda ko’plab uchraydi. Sof foydaning bir qismi (10000 so’m) hisobidan korxona
ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan dargumon qarzlar bo’yicha zahira yaratilgan.
Mazkur muomala korxonaning taqsimlanmagan foydasini 10000 so’mga kamaytiradi, lekin balansda o’ng modda paydo bo’ladi: xuddi shu summaga dargumon qarzlar bo’yicha zaxira. Demak, endi foyda miqdori 20000 (30000-10000) so’mni zahira fondi esa - 10000 so’mni tashkil qiladi.
Ikkinchi muomala natijasida faqat mablag’lar manbai o’zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zahira fondi) paydo bo’ladi. Bu operatsiya faqat passiv va kontraktiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o’zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi.
Ikkinchi muomaladan keyingi balansni tuzamiz:
BALANS
(ikkinchi muomaladan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag’larturivaularning joylanishi
Summa
Mablag’lar manbai va ularqandaymaqsadga atalganligi
Summa
Asosiy vositalar
350000
Ustav fondi
400000
Xom ashyo va materiallar
100000
Zahira fondi
10000
Kassa
40
Foyda
20000
Hisob-kitob schyoti
49900
Bank kreditlari
20000
Debitorlar
60
Mol etkazib beruvchi
50000
JAMI
500000
JAMI
500000
Uchinchi muomala. Bunga o’xshagan muomalalar ham amalda ko’plab uchraydi. Mol etkazib beruvchilardan sotib olingan 25000 so’mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to’lanmadi.
Mazkur muomala, birinchidan, materiallarning miqdorini ko’payishiga olib keladi. Demak, balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 25000 so’mga oshadi. Ikkinchidan, materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to’lanmagani uchun, korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo’ladi. Balansda bu «Mol etkazib beruvchilar» moddasi bo’yicha aks ettirilib, uning summasi ham 25000 so’mga oshadi va 75000 so’mga teng bo’ladi.
Balansda aks etirilish tavsifi bo’yicha ushbu muomala oldingisidan farq qiladi. U bir vaqtning o’zida aktivga ham, passivga ham tegishlidir. Lekin uning aktivda ham, passivda ham yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo’naltilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o’zgaradi va ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
Uchinchi muomaladan keyin balans quyidagicha bo’ladi: