Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə6/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Moddiy o’lchagichlari ma’lumotlarni sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og’irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o’lchamlardir. Ulardan qaysi birini tanlash hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatiga bog’liq. Masalan, to’qimachilik kombinatining ishlab chiqargan mahsulotlarini o’lchash uchun pogon metrlardan foydalaniladi, metallurgiya zavodining mahsuloti - tonnalarda, tayyorlanayotgan yog’ochlarni - kubometrlarda, paxta - tonnalarda, qimmatbaho metallar - grammlarda va hokazolarda o’lchaniladi. Moddiy o’lchagichlaridan asosan tovar - moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zahiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda aloxida ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har xil sortlarini va nomlari bo’yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat miqdoriy ko’rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish mumkin. Har xil bo’lgan predmetlarning natura ko’rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Masalan, po’lat bilan cho’yanni bir xil bo’lgan og’irlik o’lchagichida hisobga olishga qaramasdan ularni jamlash mumkin emas.
Demak, moddiy o’lchagichlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko’rsatkich olinishi mumkin emas.
Mehnat o’lchagichi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo’llaniladi va kishi-kuni, kishi-soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o’lchagichi yordamida mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o’lchagich ko’pincha moddiy o’lchagichi bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan, ishlab chiqarishni normalarini bajarilishini
nazorat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda - ularning vaqt birligidagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqdori qancha ekanligi va hokazolar hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, mehnat o’lchagichi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi.
Natura o’lchagichlaridan farqli o’laroq, mehnat o’lchagichlari ayrim xollarda, masalan, mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan normalashtirilgan vaqt ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish yo’li bilan har xil bo’lgan hajmlarni o’zaro solishtirish imkonini beradi.
Ish vaqtidan universal o’lchagich birligi sifatida mehnat sarflarini bevosita hisobga olish uchun foydalaniladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin