Toshkent 2020 yil


afzalligi –usulda qo‗llaniladigan  apparatlarning sodda konstruksiyaga egaligi,  kamchiligi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

afzalligi
–usulda qo‗llaniladigan 
apparatlarning sodda konstruksiyaga egaligi, 
kamchiligi
– jarayonni amalga 
oshirish uchun qo‗shimcha yoqilg‘ining (odatda tabiiy gaz) sarfi va yondirish 
jarayonida hosil bo‗lgan gazlarni absorbsion yoki adsorbtsion usullar yordamida 
ushlab qolish lozimligidir.
Alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, chiqindi gaz tashlamalarining murakkab 
kimyoviy tarkibga ega ekanligi ularni bir xil usul yordamida zararsizlantirish 
imkoni yo‗qligini ko‗rsatadi. Shuning uchun chiqindi gazlar ko‗pincha bir necha 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
185 
usullar (bosqichlar) yordamida to‗liq zararsizlantiriladi
43

IX.3. Avtotransport tashlama gazlarini kamaytirish chora-tadbirlari.
 
Avtotransport kompleksi havoni ifloslovchi asosiy manba hisoblanadi va 
atmosfera ifloslanishining 40% ini tashkil qiladi. Asosiy ifloslovchi birikmalari is 
gazi, azot oksidlari, uglevodorodlar, benzapiren, aldegidlar va qo‗rg‘oshin 
hisoblanadi. Transport bevosita hayot muhitini ifloslaydi, insonlar organizmida 
qo‗rg‘oshin va boshqa zaharli va kantserogen birikmalarning to‗planishiga sabab 
bo‗ladi.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona shaharlarida havo ifloslanishining 
80% dan ortig‘i avtotransport hissasiga to‗g‘ri keladi. O‗zbekistonning boshqa 
yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. 
Bunga sabab etil qo‗shilgan benzin va tarkibida oltingugurt ko‗p bo‗lgan dizelьь 
yoqilg‘isi(solyarka)dan 
foydalanish 
hisoblanadi. 
Davlat 
sektoridagi 
avtomobillarning 50% va xususiy sektordagi avtomobillarning 40% dan ortig‘i 10 
yildan ortiq foydalaniladi va atmosferani kuchli ifloslaydi. Transportda ekologik 
nazorat talabga to‗la javob bermaydi.
O‗zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish uchun 
transportda: 
-Benzin tarkibidagi qo‗rg‘oshinga nisbatan standart talablarini kuchaytirish, 
etil qo‗shilgan benzindan asta-sekin butunlay voz kechishni ta‘minlash; 
-Siqilgan gaz va dizelь yoqilg‘isidan ko‗proq foydalanish; 
-Transport harakatini o‗timallashtirish; 
-Transport parkini sekin-asta yangilash; 
-Elektr transporti, metroni rivojlantirish; 
-Yashil-himoya zonalarini tashkil qilish va boshqalarni amalga oshirish 
zarurdir. 
Xozirgi kunda, atmosfera havosi transport vositalari ta]sirida ifloslanishining 
oldini olish uchun, kelajakda, 24 soat ichida SO
2
, NO
2
, CO, PM2.5, PM10 va O
3
ni o'z ichiga olgan ifloslantiruvchi moddalarni prognoz qilish uchun WRF usuli va 
havoni avtomobill transporti ta‘sirida ifloslantiruvchi moddalarning mintaqaviy 
tezligini hisoblash uchun RNN asosidagi usul taklif qilingan
44

________________________________________________________

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin